Narbayeva Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi bilan uchrashdi — ko‘rib chiqilgan masalalar

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Vsekitayskoy federatsii jenshin
Tanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Vsekitayskoy federatsii jenshin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2024
Obuna bo‘lish
Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi Shen Itsin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida ikki mamlakatning tarixiy do‘stona munosabatlari va yil sayin yangi darajaga ko‘tarilib borayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari, davlatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tomonlar xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida, shu jumladan, iqtisodiyotning barcha sohalarida, qolaversa, ikki mamlakat do‘stona aloqalari mustahkamalanishida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratdi.
Bu borada faol o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni 35 foizga oshdi — Narbayeva
Yangiliklar lentasi
0