https://oz.sputniknews.uz/20240919/ayollar-narbaeva-forum-45732218.html
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni 35 foizga oshdi — Narbayeva
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni 35 foizga oshdi — Narbayeva
Sputnik O‘zbekiston
IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi doirasida tashkil etilgan yalpi majlis ochilishi marosimida Senat raisi ma’ruza qildi. 19.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-19T09:15+0500
2024-09-19T09:15+0500
2024-09-19T10:04+0500
siyosat
o‘zbekiston
sankt-peterburg
ayollar
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/13/45731302_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_318d64d69983c2b0afcd06fcb1c31de7.jpg
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumida ma’lum qildi.Narbayeva O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini ta’kidladi. Jumladan, mamlakatda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.Tanzila Narboyeva milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ham ma’lum qildi – bu yil bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan xotin-qizlar deputatligiga nomzodlar sonining minimal kvotasi 40 foizgacha oshirilgan.U amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va qonun” hisobotida O‘zbekistonni gender tengligiga erishishda eng katta yutuqlarga erishgan beshta (190 ta) davlat qatoriga kiritdi.Eslatib o‘tamiz, kecha Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi (YeAF) boshlandi. Forum mazusi: “Ayollar ishonch va global hamkorlikni mustahkamlash tarafdori”. Tadbir 18-20 sentabr kunlari ko‘plab mamlakatlardan parlament deputatlari, ijro hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, biznes, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari va xayriya loyihalari vakillari, xalqaro xotin-qizlar harakatining nufuzli arboblarini birlashtiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/13/45731302_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8e4e05c9ae8481fed8dffd9041dfa75e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, sankt-peterburg, ayollar, tanzila norboyeva
siyosat, o‘zbekiston, sankt-peterburg, ayollar, tanzila norboyeva
O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni 35 foizga oshdi — Narbayeva
09:15 19.09.2024 (yangilandi: 10:04 19.09.2024) IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumi doirasida tashkil etilgan yalpi majlis ochilishi marosimida Senat raisi ma’ruza qildi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni 27 foizdan 35 foizga oshdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgdagi IV Yevroosiyo xotin-qizlar forumida
ma’lum qildi. Narbayeva O‘zbekistonda xotin-qizlar manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganini ta’kidladi. Jumladan, mamlakatda so‘nggi 7-yil ichida rahbarlik lavozimlarida ayollar soni oshgani, parlament faoliyatida esa 32 foizga yetgani, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos kelishi qayd etildi.
“Rahbar lavozimlarda ishlayotganlar 35 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ular atigi 27 foizni tashkil etgan. Parlament a’zolari 32 foizdan ortiqni tashkil etadi, bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyalariga mos keladi”, — dedi Narbayeva.
Tanzila Narboyeva milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlarni ham ma’lum qildi – bu yil bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan xotin-qizlar deputatligiga nomzodlar sonining minimal kvotasi 40 foizgacha oshirilgan.
U amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. 2024-yilda Jahon banki o‘zining “Ayollar, biznes va qonun” hisobotida O‘zbekistonni gender tengligiga erishishda eng katta yutuqlarga erishgan beshta (190 ta) davlat qatoriga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Sankt-Peterburgda IV Yevroosiyo ayollar forumi (YeAF) boshlandi. Forum mazusi: “Ayollar ishonch va global hamkorlikni mustahkamlash tarafdori”. Tadbir 18-20 sentabr kunlari ko‘plab mamlakatlardan parlament deputatlari, ijro hokimiyati organlari, xalqaro tashkilotlar, ishbilarmon doiralar, biznes, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari va xayriya loyihalari vakillari, xalqaro xotin-qizlar harakatining nufuzli
arboblarini birlashtiradi.