Qurilish, ta’lim, turizm va sanoat: Mirziyoyev loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

© Ofitsialniy veb-sayt Prezidenta Respubliki UzbekistanPrezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov v sferax stroitelstva, obrazovaniya, turizma i promishlennosti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov v sferax stroitelstva, obrazovaniya, turizma i promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari loyihalarni takomillashtirish, amaldagi ishlarning sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni qurilish, ta’lim, turizm va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yil 3-aprel kuni Yangi Toshkent shahrida ilk inshootlar qurilishi boshlangan edi.
Shulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga olgan majmua. U jahonga mashhur “Zaha Hadid architects” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Bo‘lajak majmua o‘ziga xos dizayni va funksionalligi bilan diqqatga sazovor.
Yangi Toshkent uchun yana bir salohiyatli go‘sha – Chirchiq darosi. Aholi va mehmonlarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida uning 6 kilometrga yaqin qismida dam olish hududi barpo etish mo‘ljallangan. Buning uchun qirg‘oqlar tartibga keltirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi. Mehmonxona, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar maskanlar quriladi.
Keyingi yillarda O‘zbekistoning YuNESKO bilan hamkorligi mustahkamlanib bormoqda. Ushbu nufuzli tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar hamda rejalar to‘g‘risida axborot berildi. Xususan, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Samarqand shahridagi madaniy meros obyektlarini asrash, ular bo‘ylab sayohatlar va ko‘rgazmalar tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.
© Ofitsialniy veb-sayt Prezidenta Respubliki UzbekistanPrezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov v sferax stroitelstva, obrazovaniya, turizma i promishlennosti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov v sferax stroitelstva, obrazovaniya, turizma i promishlennosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabrya oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov v sferax stroitelstva, obrazovaniya, turizma i promishlennosti.
Ijtimoiy sohadagi eng katta yo‘nalishlardan biri bu ta’lim. O‘zbekistonda oliy ta’limda yangi maskanlar qurilib, sharoitlar yaxshilanmoqda.
Buxoro davlat universitetida 21 mingdan ziyod yoshlar o‘qiydi, 10 ta fakultet, 8 ta yotoqxona bor. Lekin binolar shaharning turli hududlarida tarqoq joylashgan bo‘lib, o‘qituvchi va talabalarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shu bois Buxoro shahrining chekkasida universitet uchun yangi kampus qurish rejalashtirilmoqda. 43 gektarda loyihalashtirilayotgan majmuada barcha fakultetlar, ma’muriyat, yotoqxonalar, laboratoriyalar, kutubxona, stadion, sport zali va amfiteatr yaxlit joylashadi. Dars va amaliyot uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Yotoqxona o‘rni 3 mingtadan 6 mingtaga oshadi. Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etiladi.
So‘nggi yillardagi bunyodkorlik ishlari natijasida Xivaning salohiyati yanada oshdi. Bu yerga keluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida poyezd vokzali yonida yo‘l o‘tkazgich barpo etish mo‘ljallanmoqda. Loyihaga ko‘ra, 450 metrlik bu yo‘l transportlar qatnovini alohida tashkil etish imkonini beradi, vokzal va Ichan qal’a o‘rtasida piyodalar xavfsiz harakatlanadi.
Davlat rahbari loyihalarni takomillashtirish, amaldagi ishlarning sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Taqdimotda Toshkent shahrida investitsiya dasturlarining bajarilishi haqida ham axborot berildi. Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 2 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 200 ga yaqin sanoat loyihalari foydalanishga topshirilib, 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Jumladan, Yangihayot tumanidagi texnoparkda 46 ta korxona tashkil etilmoqda.
Prezident yil yakunigacha mo‘ljallangan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, energiya tejamkorlikka alohida ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: professional ta’lim tizimi qanday o‘zgaradi?
Yangiliklar lentasi
0