Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: professional ta’lim tizimi qanday o‘zgaradi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Professional ta’lim muassasalari negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar bor:
333 ta kasb-hunar maktabi;
227 ta texnikum;
112 ta kollej.
Aytilishicha, ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po razvitiyu sistemi professionalnogo obrazovaniya i reformirovaniyu natsionalnoy sistemi kvalifikatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2024
Shavkat Mirziyoyev kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
“Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Shuningdek, texnikumlarning akademik mustaqilligini kengaytirish mo‘ljallanmoqda. O‘qish muddatlari va davomiyligini kasb murakkabligi va o‘quvchining ta’lim darajasiga qarab belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Texnikumlarda ta’lim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda xorijning “BTEC” dasturi joriy etiladi.
“Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin”, — deya qayd etilgan xabarda.
Qabul jarayonini ish beruvchilar talabi asosida shakllantirish ham muhim. Shu maqsadda elektron platforma yaratilib, unga barcha vazirlik va tarmoqlar ulanadi. Texnikumlarning ta’lim dasturlari sanoat tarmoqlari, tadbirkorlar birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan so‘ng amaliyotga kiritiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda quyidagilar ma’lum qilindi:
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga Bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.
Ta’lim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi.
Lavozim va kasblar klassifikatori qayta ko‘rib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda bo‘lmaganlari chiqarib tashlanadi.
Yangiliklar lentasi
0