https://oz.sputniknews.uz/20240927/qurilish-obektlariga-500-nafar-nazoratchi-biriktiriladi-45865089.html
Qurilish obyektlariga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi
Qurilish obyektlariga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qurilishlarda nazorat kuchaytiriladi. Davlat hsiobida qurilayotgan obyektlarda videokameralar o‘rnatiladi. 27.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-27T13:58+0500
2024-09-27T13:58+0500
2024-09-27T14:05+0500
qurilish
qurilish vazirligi
nazorat
prezident
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29479332_0:100:2991:1782_1920x0_80_0_0_7fadf56cc5f1b86d5e6bbd4f790dfcfd.jpg
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ayni damda O‘zbekiston hududida qurilayotgan 30 mingga yaqin obyektlarga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi, dedi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov.Nazoratchilar bodi-kameralar bilan ta’minlangan. Qurilish obyektlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi.Har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport o‘rnatiladi. Agar bunday turdagi pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli barcha shaharsozlik hujjatlari bo‘lishi shart.Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘riladi.Eslatib o‘tamiz, 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hududida olib borilayotgan qurilish obyektlarida nazoratni kuchaytirish vazifani qo‘ygan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240927/qurilish-talim-turizm-va-sanoat-mirziyoev-loyihalar-taqdimoti-45861915.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29479332_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_1f90556fd42a126ec9052bbdb36d56fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish, qurilish vazirligi, nazorat, prezident, jamiyat
qurilish, qurilish vazirligi, nazorat, prezident, jamiyat
Qurilish obyektlariga 500 nafar nazoratchi biriktiriladi
13:58 27.09.2024 (yangilandi: 14:05 27.09.2024) O‘zbekistonda qurilishlarda nazorat kuchaytiriladi. Davlat hsiobida qurilayotgan obyektlarda videokameralar o‘rnatiladi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ayni damda O‘zbekiston hududida qurilayotgan 30 mingga yaqin obyektlarga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi, dedi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov.
Nazoratchilar bodi-kameralar bilan ta’minlangan. Qurilish obyektlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi.
Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari doimiy davlat nazoratida bo‘ladi.
Har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport o‘rnatiladi. Agar bunday turdagi pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli barcha shaharsozlik hujjatlari bo‘lishi shart.
Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hududida olib borilayotgan qurilish obyektlarida nazoratni kuchaytirish vazifani qo‘ygan edi.