Mirziyoyev mintaqadagi ko‘prik o‘rnatuvchi tashabbuskor, tinchlik elchisi — Antoniu Guterrish

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAntoniu Guterrish "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Antoniu Guterrish Oliy Darajali Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Obuna bo‘lish
Antoniu Guterrishga "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni topshirildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAntoniu Guterrish "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Antoniu Guterrish nagrajden ordenom Oliy Darajali Do‘stlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Antoniu Guterrish "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
Mazkur mukofot Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun berildi.
Mirziyoyev mukofotni topshirar ekan, Guterrishning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga yetishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAntoniu Guterrish
Antoniu Guterrish nagrajden ordenom Oliy Darajali Do‘stlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
Antoniu Guterrish
"Shunga iqror bo‘ldimki, siz boshlagan islohotlar O‘zbekiston xalqi munosib bo‘lgan porloq istiqbolni ta’minlashga qaratilgan. Markaziy Osiyoda tarqoqlik juda keng ildiz otgan edi. Sizning faoliyatingiz tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida yangicha muhit yaratildi. Bu do‘stlik, o‘zaro hurmat, muloqot, hamjihatlikda masalalarni ko‘rib chiqish, mintaqada mavjud bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga asoslangan muhit bo‘ldi. Markaziy Osiyoni dunyo sivilizatsiyasi markazi deb bilaman. Bunga ishonch hosil qilish uchun Samarqand va Buxoroga borishni o‘zi kifoya qiladi” — dedi Antoniu Guterrish.
U, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevni mintaqadagi ko‘prik o‘rnatuvchi tashabbuskor, tinchlik elchisi deb atadi.
“Ayni vaqtda adolatga asoslangan farovonlikni tashkil qilish va uni o‘rnatish bo‘yicha juda faol ish olib bormoqda. Shunday yuksak darajali va yetuk davlat arbobi, yaqin do‘stimdan shunday mukofotni olish men uchun katta ahamiyatga ega va buni alohida ardoqlayman", — deya fikr bildirdi BMT bosh kotibi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti va BMT bosh kotibi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekishdi.
Prezident Uzbekistana i Generalniy sekretar OON posadili derevo na Allee pochetnix gostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2024
O‘zbekiston prezidenti va BMT bosh kotibi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekishdi.
Shu bilan BMT bosh kotibining O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi yakunlandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0