O‘zbekiston Yoqutistonda o‘tadigan Shimoliy forumda ishtirok etadi
© CC BY 4.0 / Stepanov Slava, geliovostok.ru /Yakutsk. Arxivnoe foto
© CC BY 4.0 / Stepanov Slava, geliovostok.ru /
Obuna bo‘lish
Forumda 17 davlatdan vakillar qatnashadi. Ular iqlim o‘zgarishi va abadiy muzliklarning erishi masalalarini muhokama etishadi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Yoqutistonda 24-27 sentabr kunlari Barqaror rivojlanish bo‘yicha beshinchi Shimoliy forum bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi tadbir tashkilotchilari.
Barqaror rivojlanish bo‘yicha beshinchi Shimoliy forumi 17 ta mamlakat ekspertlarini birlashtiradi. Forum Arktika mintaqalari va shaharlarining barqarorligi, Shimolning barqaror rivojlanishi uchun global hamkorlik, Arktikaning ijodiy tarmoqlari va madaniyati, iqlim o‘zgarishi va abadiy muzliklarning erishi masalalariga bag‘ishlangan.
Xalqaro tadbir doirasida iqlim o‘zgarishi va abadiy muzlarning erishi bo‘yicha II ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.
“Forum doirasida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Belarus, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘zbekiston, Kamerun Respublikasi, Keniya, Mali va boshqa mamlakatlardan olimlar, ekspertlar, davlat, biznes va jamoat tashkilotlari vakillari yig‘iladi. Hammasi bo‘lib 17 ta davlatdan vakillar ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, forum doirasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limining Abadiy muzliklarni o‘rganish instituti bazasida Markaziy Osiyoning sovuq hududlarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro Xitoy-Rossiya-Mo‘g‘uliston markazining ofisi ochiladi.
Shimoliy forum — bu Rossiyaning Arktika kengashiga raislik qilish dasturiga kiritilgan Shimoliy va Arktikaning barqaror rivojlanishi muammolari va istiqbollarini muhokama qilish uchun yillik xalqaro platforma.