https://oz.sputniknews.uz/20240923/shaxmat-uzbekistan-hungary-olimpiada-bronza-45791480.html
Shaxmat: O‘zbekiston Vengriyada o‘tgan Olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Shaxmat: O‘zbekiston Vengriyada o‘tgan Olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida 3-o‘rinni egalladi.
2024-09-23T09:06+0500
2024-09-23T09:06+0500
2024-09-23T11:01+0500
sport
o‘zbekiston
vengriya
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/17/45791311_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_143dbf9006653599d18cf08d4d181ec5.jpg
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida bronza (3-o‘rin) medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi. Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Murosasiz bahslarda g‘oliblik Hindiston jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, AQSh grossmeysterlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi. Individual yo‘nalishlarda ham shaxmatchilar sovrinlarga ega chiqishdi: Qizlar jamoasi esa 170 ta jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi. Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjanova 2-o‘rin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida an’anaga ko‘ra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi.Hisob bo‘yicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil Toshkent shahrida o‘tkaziladi. FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog‘i hamda mash’alasini terma jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20231126/saida-mirziyoeva-shaxmat-jahon-chempioni-afruza-hamdamova-41248852.html
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/17/45791311_73:0:1212:854_1920x0_80_0_0_b4c93a07434c696ed958f34ec7a25f19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston erkaklar jamoasi shaxmat olimpiada
o‘zbekiston erkaklar jamoasi shaxmat olimpiada
Shaxmat: O‘zbekiston Vengriyada o‘tgan Olimpiadada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
09:06 23.09.2024 (yangilandi: 11:01 23.09.2024) 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil Toshkentda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida bronza (3-o‘rin) medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi.
Murosasiz bahslarda g‘oliblik Hindiston jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, AQSh grossmeysterlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Individual yo‘nalishlarda ham shaxmatchilar sovrinlarga ega chiqishdi:
Shamsiddin Vohidov (4-taxta);
Nodirbek Abdusattorov (1-taxta);
Nodira Nodirjonova (5-taxta).
“Hamurtlarimiz 2-yil muqaddan Hindistonda o‘tgan Olimpiadada chempionlikka erishgan edi. Shu tariqa, jamoamiz qatorasiga ikkinchi bor sovrindor bo‘lmoqda. Endi yana 2-yildan so‘ng dunyoning eng kuchli grossmeysterlari O‘zbekiston mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiadada jam bo‘lishadi”, — deyiladi xabarda.
Qizlar jamoasi esa 170 ta jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi. Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjanova 2-o‘rin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi yakunida an’anaga ko‘ra navbatdagi shaxmat Olimpiadasi mezboniga estafeta tantanali ravishda topshirildi.
Hisob bo‘yicha 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 2026-yil Toshkent shahrida o‘tkaziladi. FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ushbu musobaqa bayrog‘i hamda mash’alasini terma jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorovga topshirdi.