O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlament saylovlari: MDH xalqaro kuzatuvchilarining bir qismi akkreditatsiyadan o‘tkazildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnoy izbiratelnoy komissii Uzbekistana v Tashkente.
Zdanie Sentralnoy izbiratelnoy komissii Uzbekistana v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2024
Obuna bo‘lish
MSK: Saylovlarni kuzatish uchun jami 1 000 nafardan ortiq xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida ishtirok etuvchi MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDH PAning xalqaro kuzatuvchilari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovlarida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, MDH Parlament Assambleyasi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari burosi kabi xalqaro tashkilotlardan yuborilgan kuzatuvchilarning bir qismi akkreditatsiya qilindi.
MDH Ijroiya qo‘mitasidan 3 nafar;
MDH PAdan 9 nafar a’zo, shu jumladan, ikki nafar uzoq muddatli kuzatuvchi.
"Saylovlarni kuzatish uchun jami 1 000 nafardan ortiq xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda", — deyiladi MSK xabarida.
50 ta davlatdan 400 ga yaqin;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari burosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti kabi 21 ta xalqaro tashkilotlardan qariyb 500 nafarga yaqin;
26 ta xorijiy davlat saylov komissiyalardan 60 nafar.
Aytilishicha, kuzatuvchilarni akkreditatsiyadan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xorijiy va xalqaro tashkilotlar o‘z davlatlaridan turib “E-Saylov” axborot tizimiga kirishi hamda belgilangan namunadagi ma’lumotlarni elektron tarzda kiritib, ko‘rib chiqish uchun yuborish imkoniyatiga ega.

"Akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy kuzatuvchilarning mandatlari ham tizim orqali avtomatik tarzda elektron shaklda mutlaqo yangi ko‘rinishda shakllanadi", — deya aniqlik kiritilgan xabarda.

Shuningdek, majlisda Markaziy saylov komissiyasi huzurida Tezkor axborot berish markazini – “Call-center”ni tashkil etish va uning nizomni tasdiqlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.
“Call-center” orqali fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilib, ularga real vaqt rejimida huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berib boriladi.
“Call-center”ning asosiy vazifalari:
saylov kampaniyasi davrida fuqarolar bilan real vaqt rejimida muloqotni yo‘lga qo‘yish
aholiga saylov komissiyalarining faoliyati, saylov jarayonining bosqichlari haqidagi to‘liq va ishonchli axborotni yetkazish
fuqarolarning saylash hamda murojaat qilishga doir huquqlari so‘zsiz amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlar yaratish hamda ularning saylov qonunchiligi va saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirish.
SIK Uzbekistana udtverdil spisok kandidatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
MSK deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi
Yangiliklar lentasi
0