https://oz.sputniknews.uz/20240920/msk-deputatlikka-nomzodlarni-royxatga-oldi-45764950.html
MSK deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi
MSK deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi saylovda nomzodlar orasida ayollar ulushi eng yuqori, nomzodlar ham yoshargan — MSK. 20.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-20T17:13+0500
2024-09-20T17:13+0500
2024-09-20T17:13+0500
saylov kodeksi
saylovlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
o‘zbekiston oliy majlisi senati
markaziy saylov komissiyasi
o‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/14/45763491_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_56d707c822c598288f932a2c86c4416c.jpg
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga oldi.Ma’lumki, bu yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanadigan 150 nafar deputatning 75 nafari saylovchilarning aniq bir nomzodga bergan ovozlariga muvofiq, qolgan, 75 nafari esa partiyalar ro‘yxatiga asosan saylanadi.MSKga ko‘ra, O‘zbekiston saylov tajribasida ilk bor beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatilgan. Bunda “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham qo‘l kelgan.Qayd etilishiga ko‘ra, bu yilgi nomzodlar orasida ayollar soni eng yuqori — 44,7%, nomzodlar ancha yoshargan — o‘rtacha 47,2 yosh va ularning 99,3 % — oliy ma’lumotli.Nomzodlar tanlashda yuqori inklyuzivlik ham kuzatilmoqda: deputatlar orasida turli millat vakillari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ham bor.Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional tizimi asosida o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240920/partiyalar-va-nomzodlar-saylovoldi-tashviqotiga-ruxsat-berildi-45763320.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/14/45763491_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fbafe0a998108125b2616f9b4e3424fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saylov kodeksi, saylovlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, o‘zbekiston oliy majlisi senati, markaziy saylov komissiyasi
saylov kodeksi, saylovlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, o‘zbekiston oliy majlisi senati, markaziy saylov komissiyasi
MSK deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oldi
Bu yilgi saylovda nomzodlar orasida ayollar ulushi eng yuqori, nomzodlar ham yoshargan — MSK.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 20-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga oldi.
Ma’lumki, bu yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanadigan 150 nafar deputatning 75 nafari saylovchilarning aniq bir nomzodga bergan ovozlariga muvofiq, qolgan, 75 nafari esa partiyalar ro‘yxatiga asosan saylanadi.
MSK O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish”, Ekologik, XDP va “Adolat” partiyalari tomonidan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘rsatilgan 375 nafar nomzodlar hamda partiyalar ro‘yxatidagi jami 500 nafar nomzodni ro‘yxatga oldi.
MSKga ko‘ra, O‘zbekiston saylov tajribasida ilk bor beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatilgan. Bunda “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham qo‘l kelgan.
Qayd etilishiga ko‘ra, bu yilgi nomzodlar orasida ayollar soni eng yuqori — 44,7%, nomzodlar ancha yoshargan — o‘rtacha 47,2 yosh va ularning 99,3 % — oliy ma’lumotli.
Nomzodlar tanlashda yuqori inklyuzivlik ham kuzatilmoqda: deputatlar orasida turli millat vakillari hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional tizimi asosida o‘tkaziladi.