Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Su-34 Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi texnika jamlanmasiga zarba berdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSamoleti-bombardirovshiki Su-34 v zone spetsoperatsii
Samoleti-bombardirovshiki Su-34 v zone spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2024
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi: Su-34 Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi harbiy texnikasi jamlanmasiga zarba berdi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Kursk viloyatining chegaradosh hududida Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlari va texnikasi jamlangan joyga zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Zarba razvedka nishonlariga universal rejalashtirish va tuzatish moduliga ega aviabombalar yordamida amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.
Harbiy departamentning tushuntirishicha, bu jangovar aloqa chizig‘idan xavfsiz masofadan aniq zarbalar berish imkonini beradi.
Razvedka nishonlarning yo‘q qilinganini tasdiqlaganidan so‘ng ekipajlar jo‘nash aerodromiga xavfsiz qaytdi, deya xulosa qildi Mudofaa vazirligi.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni erta tongda Ukraina qurolli kuchlari bo‘linmalari Rossiya hududini egallab olish maqsadida Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning aytishicha, ularning yurishi to‘xtatilgan. Mudofaa vazirligining 21-sentabr holatiga ko‘ra, Kursk chegara viloyatidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 15,6 mingdan ortiq askari, 124 tank va yuzlab boshqa texnika vositalarini yo‘qotgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi Kursk viloyatiga hujum qilish orqali Rossiyaning Donbassdagi hujumini to‘xtatmoqchi bo‘lgan, ammo bu muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Davlat rahbari dushmanga munosib javob berilishini, Rossiya oldida turgan barcha maqsadlar amalga oshishini ta’kidladi. Kursk, shuningdek, Belgorod va Bransk viloyatlarida aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida aksilterror operatsiyasi rejimi amal qilmoqda.
Rabota artilleriyskix raschetov v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kursk viloyatida Ukrainaning 10 ta brigadasi mag‘lub etildi
Yangiliklar lentasi
0