Kursk viloyatida Ukrainaning 10 ta brigadasi mag‘lub etildi
16:50 21.09.2024 (yangilandi: 17:01 21.09.2024)
© Sputnik / Aleksey Mayshev
/ Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlarining Kamishevka va Lyubimovka qishloqlari yo‘nalishida qarshi hujumga urinishlari bartaraf etildi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. So‘nggi 24 soat ichida “Shimol” guruhi Ukrainaning o‘nta brigadasini mag‘lub etdi va Kursk viloyatida qarshi hujumga urinishlarning oldi olindi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Shimol” kuchlar guruhi bo‘linmalari hujum operatsiyalarini davom ettirdi, ular davomida 22-, 41-, 115-mexanizatsiyalashgan, 17-tank, 82- va 95-havo hujumi brigadalari, Milliy gvardiyaning 1-brigadalari, shuningdek, Lyubimovka, Darino, Nikolayevo-Darino, Tolstiy Lug, Malaya Loknya va Plexovo aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 103-, 112- va 129-hududiy mudofaa brigadalarini mag‘lub etishdi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, guruh Ukraina Qurolli kuchlarining Kamishevka va Lyubimovka qishloqlari yo‘nalishida qarshi hujumga urinishlarini bartaraf etdi.
Ushbu janglarda Ukraina quyidagilarni yo‘qotdi:
20 ga yaqin odam halok bo‘ldi va yaralandi;
zirhli jangovar transport vositasi;
ikkita mashina.