https://oz.sputniknews.uz/20240921/eoii-bmt-bosh-assambleyasi-kuzatuvchi-45777617.html
YeOII BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini olishni rejalashtirmoqda
YeOII BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini olishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev 20-sentabr kuni BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2024-09-21T18:30+0500
2024-09-21T18:30+0500
2024-09-21T18:37+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
bmt
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44559108_0:168:3043:1880_1920x0_80_0_0_6573b6d469d7a2724dd3d3c2746d3fdc.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev 20-sentabr kuni BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.Li Szunxua bilan suhbat chog‘ida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va BMT o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Xususan, tomonlar BMT Bosh Assambleyasida YeOII uchun kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.YeIK hay’ati rahbari YeOII faoliyatining asosiy natijalari to‘g‘risida gapirdi va u tashkil etilganidan beri aksariyat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamikani qayd etdi.O‘z navbatida, Li Szunxua YeOII mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasida muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab, mazkur uchrashuv YeIK va BMT o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240919/eoii-mamlakatlar-savdo-hajm-volvach-45743110.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44559108_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_d76d9213b98e8cc967a08522abcaa756.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii bmt bosh assambleyasi kuzatuvchi
yeoii bmt bosh assambleyasi kuzatuvchi
YeOII BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini olishni rejalashtirmoqda
18:30 21.09.2024 (yangilandi: 18:37 21.09.2024) Tomonlar BMT Bosh Assambleyasida YeOII uchun kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev 20-sentabr kuni BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati
xabar berdi. Li Szunxua bilan suhbat chog‘ida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va BMT o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Xususan, tomonlar BMT Bosh Assambleyasida YeOII uchun kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
“Bu yo‘nalishda hamkorlikdagi faoliyatimizni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun zarur sa’y-harakatlarni qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, bugungi muzokaralar muloqotimizni mustahkamlash va aloqalarni kengaytirishga yordam beradi”, – dedi Bakitjan Sagintayev.
YeIK hay’ati rahbari YeOII faoliyatining asosiy natijalari to‘g‘risida gapirdi va u tashkil etilganidan beri aksariyat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamikani qayd etdi.
O‘z navbatida, Li Szunxua YeOII mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasida muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab, mazkur uchrashuv YeIK va BMT o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.