Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi ikki baravar oshdi — Volvach

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishZamestitel ministra ekonomicheskogo razvitiya RF Dmitriy Volvach
Zamestitel ministra ekonomicheskogo razvitiya RF Dmitriy Volvach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Obuna bo‘lish
Ittifoq mavjud bo‘lgan 10-yil ichida ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro savdosi deyarli ikki baravarga o‘sdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mavjud bo‘lgan 10-yil davomida ittifoq mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi ikki baravar oshdi. Bu haqda YeOII VII xalqaro forumida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Volvach ma’lum qildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Volvach YeOII mavzulari bo‘yicha ekspertlarning yangi avlodini shakllantirish va Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha muloqot imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ham ta’kidladi.
“Bugungi kunda YeOII hamkorlar o‘rtasidagi ishonch va birgalikdagi rivojlanishning uzoq muddatli maqsadlariga asoslangan integratsion hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tish arafasida. 2023-yilda YeOII yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 3,8 foizni tashkil etdi, bu jahon yalpi ichki mahsulotidan yuqori. Ittifoq mavjud bo‘lgan 10-yil ichida ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro savdosi deyarli ikki baravarga o‘sdi - 3,9 dan 7,4 trillion rublgacha. Bu vaqt ichida ishsizlik darajasi 1,5 barobardan ortiq kamaydi”, dedi u.
YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 2023-yilda rekord darajadagi 90 foizga yetdi. 2021-yilda esa bu ko‘rsatkich 73,5 foizni tashkil etgan
Ma’lumot uchun, YeOII VII Xalqaro forumi 16-18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. U Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilishga qiziqqan yosh mutaxassislarni birlashtiradi. Joriy yilda forumda 16 jamoa, jumladan 170 dan ortiq yosh olimlar ishtirok etdi.
Ular ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqmoqda: umumiy Ittifoq ichidagi bozorlarni shakllantirish va Ittifoqning uchinchi davlatlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish. Barcha loyihalar amaliy xarakterga ega va Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan.
Yevraziyskiy ekonomicheskiy forum v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII ichki savdosi 55 foizga oshdi
Yangiliklar lentasi
0