https://oz.sputniknews.uz/20240702/uzbekistan-kosmos-tinch-maqsad-foydalanish-xalqaro-hujjat-44636774.html
O‘zbekiston kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda
O‘zbekiston kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur shartnoma kosmik fazoda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va kosmik fazodan harbiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi.
2024-07-02T13:01+0500
2024-07-02T13:01+0500
2024-07-02T13:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kosmos
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30585255_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_0bdda3eae6fce3e211a211c4c86b26e6.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Quyi palataning navbatdagi majlisida deputatlar “Kosmik fazo, shu jumladan, Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonuni loyihasini muhokama qilishdi. Mazkur shartnoma 2024-yil 1-yanvar holatiga, 114 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Hujjat kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini belgilaydi hamda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro qoidalar va tamoyillarni o‘rnatadi. Shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslangan holda O‘zbekiston kosmik soha huquqiy tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, mazkur shartnomani ratifikatsiya qilish mamlakatlarga o‘z resurslarini birlashtirish va kosmik loyihalarda birgalikda ishlash imkonini taqdim etadi. Kosmosni harbiylashtirish xavfi kamayadi. Mazkur shartnoma kosmik fazoda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va kosmik fazodan harbiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi. Shartnomani ratifikatsiya qilish kosmik harbiylashtirish xavfini kamaytirishga va kosmik fazodan tinch maqsadlarda foydalanishga yordam beradi. Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240412/ozbekistondagi-togonlar-deformatsisi-ilk-bor-koinotdan-tekshirildi-43405693.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30585255_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_47135756e5927a0ac6a21ea27c639ad5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kosmos tinch maqsadlarda foydalanish
o‘zbekiston kosmos tinch maqsadlarda foydalanish
O‘zbekiston kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda
13:01 02.07.2024 (yangilandi: 13:13 02.07.2024) Mazkur shartnoma kosmik fazoda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va kosmik fazodan harbiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekiston samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha xalqaro hujjatga qo‘shilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Quyi palataning navbatdagi majlisida deputatlar “Kosmik fazo, shu jumladan, Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonuni loyihasini muhokama qilishdi.
Mazkur shartnoma 2024-yil 1-yanvar holatiga, 114 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Hujjat kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini belgilaydi hamda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro qoidalar va tamoyillarni o‘rnatadi.
“Majlisda ushbu shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston uchun xalqaro kosmik loyihalar va tadqiqotlarda ishtirok etish, shuningdek, boshqa davlatlar bilan resurslar va bilim almashish uchun imkoniyatlar ochishi qayd etildi”, — deyiladi matbuot xabarida.
Shuningdek, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslangan holda O‘zbekiston kosmik soha huquqiy tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mazkur shartnomani ratifikatsiya qilish mamlakatlarga o‘z resurslarini birlashtirish va kosmik loyihalarda birgalikda ishlash imkonini taqdim etadi.
Kosmosni harbiylashtirish xavfi kamayadi. Mazkur shartnoma kosmik fazoda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va kosmik fazodan harbiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi. Shartnomani ratifikatsiya qilish kosmik harbiylashtirish xavfini kamaytirishga va kosmik fazodan tinch maqsadlarda foydalanishga yordam beradi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.