Eron AQSh va Isroilni HAMAS yetakchisi o‘limi uchun o‘ch olish muqarrarligi haqida ogohlantirildi

© Sputnik / Aleksandr VilfGosudarstvenniy flag Irana v Tegerane.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Obuna bo‘lish
Qurolli Kuchlar Bosh shtabi: Eron Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun AQSh va Isroildan o‘ch oladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Vaqt o‘tishi Eronning HAMAS siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun AQSh va Isroildan o‘ch olishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu haqda Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti "Tasnim" agentligiga tayanib.

“Biz jinoyatchi AQShni va uning mintaqadagi soxta qo‘g‘irchoq rejimini (Isroilni - tahr.) ogohlantiramiz: biz “Haqiqiy va’da”mizni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt o‘tishi Eron Islom Respublikasining Ismoil Haniyaning qo‘rqoqlarcha o‘ldirilishi natijasida to‘kilgan qon uchun qasos olishga bo‘lgan qat’iyatiga to‘sqinlik qilmaydi”, — deyiladi Bosh shtab bayonotida.

Iyul oxirida Falastinning HAMAS harakati Siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya Eronning yangi prezidenti inauguratsiyasi marosimida ishtirok etish uchun kelgan Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan edi.
Harakat Haniyaning o‘limida Isroil va AQShni aybladi va hujum javobsiz qolmasligini aytdi. Isroil rasmiylari Haniyaning o‘ldirilishi haqida hech qanday izoh bermaganliklarini aytishdi. Keyinroq AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Robert Vud Haniyaning o‘limiga AQShning aloqasi yo‘qligini aytdi.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
Rossiya TIV HAMAS siyosiy burosi rahbarining o‘limini siyosiy qotillik deb atadi
Yangiliklar lentasi
0