Rossiya TIV HAMAS siyosiy burosi rahbarining o‘limini siyosiy qotillik deb atadi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2024
Obuna bo‘lish
Bogdanov HAMAS siyosiy burosi rahbarining o‘limini qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qotillik deb atadi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Moskva HAMAS siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘limini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qotillik deb biladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Bularning barchasi juda yomon, bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan siyosiy qotillik va bu keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi", — dedi Bogdanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea Dohadagi muzokaralarga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Livanning "al-Mayadeen" telekanali ma’lum qilishicha, Ismoil Haniyani o‘ldirgan raketa Erondan uchirilmagan.
“Haniya Erondan boshqa davlatdan otilgan raketa oqibatida halok bo‘ldi. Xaniyaning boshqa davlatdan uchirilgan raketa bilan o‘ldirilishi Eronga qarshi tajovuzni anglatadi va qat’iy javobni talab qiladi”, — deb ta’kidladi manba.
Isroilni HAMASning Falastin siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun qasos kutmoqda. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq bosh qo‘mondoni Muhsin Rizoiy Eronning "Tasnim" axborot agentligiga ma’lum qildi. Uning aytishicha, Isroil Haniyaning o‘ldirilishi uchun katta to‘lov to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Falastinning HAMAS harakati siyosiy burosi rahbari Ismoil Haniya Eron poytaxti Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. HAMAS harakati rasmiy bayonotida siyosiy buro rahbarining o‘limini tan olib, voqeada Isroilni aybladi. Harakatning bildirishicha, hujumlar Haniya Eronning yangi prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etganidan keyin sodir bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0