Boysundagi avariya: hududdan zarur holatda 3 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi

© Sputnik / Elina BeknazarovaSpasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya "Kamchik".
Spasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya Kamchik. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Surxondaryo viloyati hokimligi: tog‘li hududdagi 9 mahallada zararli gazlarni kuzatuvchi laboratoriyalar tun-kun ishlamoqda.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Boysundagi avariya hududidan zarur holatda 3 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Amirovning so‘zlariga ko‘ra, tog‘li hududdagi 9 mahallada zararli gazlarni kuzatuvchi laboratoriyalar tunu kun ishlamoqda. Milliy gvardiya, IIB va FVV operativ guruhlari joylarda faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, hokimiyat evakuatsiya vaqtida aholi mol-mulkining saqlanishini kafolatladi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” koni yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
“Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa haqida nimalar ma’lum?
Yangiliklar lentasi
0