“Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa haqida nimalar ma’lum?

© Ministerstva energetiki respubliki UzbekistanEnergetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” koni yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” koni yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirokida Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” koni yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Mirzamahmudov kondan aynan qanday gaz sizib chiqayotganiga aniqlik kiritdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Kecha Boysundagi “Mustaqillikning 25-yilligi” konida yana gaz sizib chiqish holati kuzatildi.
Favqulodda hodisa “Mustaqillikka 25-yil” konining 604-sonli qudug‘ida sodir bo‘lgan. Vazir hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohatlanganini tasdiqladi.
“Vodorod sulfidi sizib chiqishi haqida gapirish noto‘g‘ri” – dedi energetika vaziri Boysundagi favqulodda holatga munosabat bildirib.
Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida 7 foizgacha vodorod sulfidi bo‘lgan gaz sizib chiqqan.

“Tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida nafaqat vodorod sulfidi yuqori, balki karbonat angidridining foizi ham 12 ga yetdi. Ya’ni gaz tarkibida 20 foizga yaqin zararli moddalar bo‘lgan”, — deb tushuntirdi vazir.

Qayd etilishicha, “Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir bo‘lgan avariya qurbonlarining oila a’zolari vasiylikka olindi.
"ERIELL Group" kompensatsiya to‘laydi.
“Kompaniyalar guruhi ushbu oilalardagi bolalarni boqish va kelajakda ularning oliy ta’lim olishlari uchun harajatlarni ham o‘z zimmasiga oladi”, – deydi kompaniya maslahatchisi Azizbek Nazarov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hodisaning takrorlanishi quduq joylashgan joyning geografik xususiyati bilan bog‘liq.
Boysundagi M-25 konidan gaz sizib chiqish holatiga doir ochiqlangan rasmiy ma’lumotlar:
15 sentabrda vodorod sulfid gazining sizib chiqishi to‘xtatildi va quduq berkitildi;
17 sentabr kuni soat 16:00 da 604-sonli quduqda yuqori bosimli vodorod sulfid gazining sizib chiqishi qayd etildi;
voqea joyida bo‘lgan 4 nafar mutaxassis halok bo‘ldi, 11 kishi tan jarohati oldi va kasalxonaga yotqizildi – ulardan 9 nafari allaqachon uyiga jo‘natilgan, yana 2 nafari yaqin kunlarda chiqariladi;
kon 1975-yilda ochilgan bo‘lib, og‘ir kon-geologik sharoit tufayli o‘zlashtirilishi eng qiyin konlardan biri hisoblanadi. Murakkab geologik tuzilish ko‘p sonli strukturaviy buzilishlarning mavjudligi, filtratsiya-sig‘im xususiyatlarining katta xilma-xilligi bilan bog‘liq;
kondagi ishlar mamlakatda gaz qazib olishning kamayishi va aholi o‘rtasida iste’molning ko‘payishi munosabati bilan qayta tiklandi, chunki M-25 hozirda O‘zbekistondagi eng yirik o‘zlashtirilmagan gaz koni bo‘lib qolmoqda.
“Mustaqillikning 25-yilligi” (Gajak) gaz koni – loyihaning maqsadi va quvvati: konni o‘zlashtirish va ishga tushirish, yiliga 5 mlrd kub metr tarkibida yuqori darajadagi oltingugurtli gazni qazib chiqarish va qayta ishlash.
Kon ma’muriy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyati hududida, Boysun shahridan 20 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Geografik jihatdan hudud tog‘oldi-adir relyefidir. Relyefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni tashkil etadi.
“M-25” (“Gajak”) koni birinchi marta 1933-yilda geologik tadqiqot yo‘li bilan aniqlangan va 1938-yilda tayyorlangan. 1941-yilda bu yerda birinchi qidiruv qudug‘i burg‘ilangan.
1974 yilda 5-sonli quduqni sinovdan o‘tkazishda quyi bo‘r qatlamlaridan gazning sanoat oqimlari olingan. Xuddi shu yili tuzilma kon toifasiga kiritilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kon zaxirasi 40 mlrd m3 ni tashkil etgan. 2006-2008 yillarda Malayziyaning “PETRONAS” kompaniyasi tomonidan “O‘zbekneftgaz” bilan imzolangan qo‘shma o‘rganish to‘g‘risidagi bitim doirasida Gajak maydonida 3D seysmik qidiruv ishlari olib borildi va bitta quduq sinovdan o‘tkazildi.
Kompaniyaning loyihaga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari umumiy miqdori 102 million dollarni tashkil etdi. Kompaniyaning investitsiya siyosatidagi o‘zgarishlar va eng asosiysi, "Gajak" konini o‘zlashtirishning murakkabligi tufayli kompaniya loyihadan chiqdi.
M-25 koni geologik tuzilishiga ko‘ra, juda murakkab kon-geologik sharoitlar toifasiga kiradi. Murakkab geologik tuzilish ko‘p sonli strukturaviy buzilishlarning mavjudligi, filtratsiya-sig‘im xususiyatlarining katta xilma-xilligi bilan bog‘liq. Bu yerda samarali qazib olish uchun butasimon burg‘ilash usulidan foydalanish talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0