O‘zbekiston va Omsk savdo-sanoat palatalari hamkorlik qilishga kelishib oldi

© Ministerstvo oboroni Rossiyskoy FederatsiiFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Obuna bo‘lish
Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Omsk Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi, deya xabar berdi palata matbuot xizmati.
Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumning “ShHTga a’zo davlatlar hududlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi: muammolar va imkoniyatlar” yalpi majlisi doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi.

"O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Omsk Savdo-sanoat palatasi raisi Olga Fedulova o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi", — deyiladi xabarda.

Bitim maqsadi — O‘zbekiston va Omsk o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Shuningdek, O‘zbekiston va Omsk iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
ShHTga a’zo davlatlar bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2024
O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0