https://oz.sputniknews.uz/20240917/uzbekistan-shht-mintaqa-rahbarlar-forum-45699119.html
O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi
O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi ish boshlaydi. 17.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-17T10:20+0500
2024-09-17T10:20+0500
2024-09-17T10:22+0500
iqtisod
omsk viloyati
rossiya
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36531686_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_94b4f18dba05950c7223f05d45f7258d.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi, deya xabar berdi forum tashkilotchilari.Bugun Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi ish boshlaydi. Unda 500 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Hindistondan delegatsiyalar qatnashadi. Shuningdek, BAA va Yaponiya biznes vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.Forumning birinchi kunida “ShHTga a’zo davlatlar hududlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi: muammolar va imkoniyatlar” yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kun Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlari rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlanadi. Ishbilarmonlik dasturidan “ShHTga a’zo davlatlar hududlarida hamkorlik zanjirlarini rivojlantirish” panel sessiyalari ham o‘rin olgan.Forum ishtirokchilari ShHT makonida logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishda hududlarning o‘rni, ushbu davlatlar hududlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hududlarning ilg‘or tajribasini muhokama qiladi. Dastur “Hududlararo hamkorlik – ShHTga a’zo davlatlar hududlarini barqaror rivojlantirishning strategik yo‘li” yalpi majlisi bilan yakunlanadi.Forum o‘z ishini 19-sentabrga qadar davom ettiradi.Ma’lumot uchun, mazkur forum Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan 2020-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. III forum 2022-yil 2-4 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan. ShHTga a’zo davlatlarning hududlar (ma’muriy-hududiy birliklar) rahbarlari forumi ixtiyoriy birlashma bo‘lib, mintaqaviy darajada muloqot maydoni vazifasini bajaradi.ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik tashkilotga Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
omsk viloyati
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36531686_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_ae7e6fe7dacef5cc7d31f085a2a26678.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, omsk viloyati, rossiya, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), forum
iqtisod, omsk viloyati, rossiya, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), forum
O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi
10:20 17.09.2024 (yangilandi: 10:22 17.09.2024) Bugun Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi ish boshlaydi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumida ishtirok etadi, deya xabar berdi
forum tashkilotchilari. Bugun Omsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlarining IV forumi ish boshlaydi. Unda 500 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Hindistondan delegatsiyalar qatnashadi. Shuningdek, BAA va Yaponiya biznes vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.
Forumning birinchi kunida “ShHTga a’zo davlatlar hududlari o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi: muammolar va imkoniyatlar” yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi kun Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlari rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlanadi. Ishbilarmonlik dasturidan “ShHTga a’zo davlatlar hududlarida hamkorlik zanjirlarini rivojlantirish” panel sessiyalari ham o‘rin olgan.
Forum ishtirokchilari ShHT makonida logistika yo‘nalishlarini rivojlantirishda hududlarning o‘rni, ushbu davlatlar hududlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollari, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hududlarning ilg‘or tajribasini muhokama qiladi. Dastur “Hududlararo hamkorlik – ShHTga a’zo davlatlar hududlarini barqaror rivojlantirishning strategik yo‘li” yalpi majlisi bilan yakunlanadi.
Forum o‘z ishini 19-sentabrga qadar davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, mazkur forum Rossiya Federatsiyasi tashabbusi bilan 2020-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. III forum 2022-yil 2-4 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan. ShHTga a’zo davlatlarning hududlar (ma’muriy-hududiy birliklar) rahbarlari forumi ixtiyoriy birlashma bo‘lib, mintaqaviy darajada muloqot maydoni vazifasini bajaradi.
ShHTga 2001-yilda oltita davlat – Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan asos solingan. Keyinchalik tashkilotga Eron, Hindiston, Pokiston, Belarus qo‘shildi. Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.