Rossiya Termizdagi transport-logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin

© surxondaryo.uzNovosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Obuna bo‘lish
Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘zaro tovarlar eksportida Termizdagi transport-logistika markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
© surxondaryo.uzNovosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Gubernator Novosibirskoy oblasti RF Andrey Travnikov i xokim Surxandarinskoy oblasti Ulugbek Kasimov posetili mejdunarodniy torgoviy sentr Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Rossiyaning Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi. Tashrif davomida viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov hamrohligida “Termiz xalqaro savdo markazi” - “Airitom free zone” ko‘zdan kechirildi.
Markaziy Osiyodagi birinchi erkin savdo zonasi O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida, Termiz tumani hududida joylashgan bo‘lib, qiymati 70 mln dollarni, umumiy maydoni 36 gektarni tashkil etadi. Hududda mehmonxona, tibbiyot klinikasi, biznes maktabi, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, restoranlar, xostel hamda yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
Delegatsiya vakillari markazda Biznes maktabi, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari hamda logistika markazi va boshqa bir qator obyektlar, shuningdek, zonada yaratilgan sharoitlari, imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishishdi.

“Markaz hududida barcha davlat fuqarolarining 15 kun davomida viza rasmiylashtirmasdan kirish va chiqish hamda multivalyuta bilan savdo qilish yo‘lga qo‘yilganligi kelgusida zonadagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda O‘zbekiston va Rossiya, xususan, Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida tovar ayrboshlash hajmini oshirishga zamin yaratishi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.

© surxondaryo.uzNovosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Gubernator Novosibirskoy oblasti RF Andrey Travnikov i xokim Surxandarinskoy oblasti Ulugbek Kasimov posetili mejdunarodniy torgoviy sentr Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Novosibirsk viloyati gubernatori boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.
Shuningdek, Termiz tumanida joylashgan "TERMEZ CARGO CENTRE" transport-logistika markazi faoliyati bilan ham tanishildi. Markaz qariyb 50 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, har biri 6 ming kv metr bo‘lgan 4 ta angarga ega umumiy 1,5 ming tonna omborni o‘z ichiga oladi.
Aytilishicha, markaz O‘zbekistondan nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga ham mahsulotlarni xavfsiz va ishonchli yetkazishda muhim logistika obyekti sanaladi.
Xususan, kelgusida hudud rahbarlari o‘zaro tovarlar eksportida ham mahsulotlarni saralash, saqlash va yetkazib berishda ushbu transport-logistika markazi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligini qayd etishdi.
“Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2024
Termizda xalqaro savdo markazi ochildi
Yangiliklar lentasi
0