https://oz.sputniknews.uz/20240829/termiz-xalqaro-savdo-markaz-45419903.html
Termizda xalqaro savdo markazi ochildi
Termizda xalqaro savdo markazi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Aripov Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari bilan Termiz xalqaro savdo markazini ochib berdi.
2024-08-29T16:27+0500
2024-08-29T16:27+0500
2024-08-29T16:40+0500
iqtisod
o‘zbekiston
termiz
afg‘oniston
savdo
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1d/45419225_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ecc7c43d398af10a0c4c3e366401bb8a.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bugun “Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi. Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev, Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Qayrat Torebayev ishtirok etdi. Ramziy tasma kesilib, markaz rasman ochilganidan so‘ng, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston Qirg‘iziston va boshqa mamlakat diplomatik korpus vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. Mazkur markaz mintaqada savdo aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim platformaga aylanishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, Markazda Afg‘oniston fuqarolariga savdo-sotiq qilishlari, ta’lim, tibbiyot hamda boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Ma’lumot uchun, markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda dollar, rubl, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga ruxsat beriladi.
o‘zbekiston
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1d/45419225_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_efc05e409a8b0e78ccbd8aed1f9ae018.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aripov afg‘oniston ozarbayjon qirg‘iziston qozog‘iston bilan termiz xalqaro savdo markazi
aripov afg‘oniston ozarbayjon qirg‘iziston qozog‘iston bilan termiz xalqaro savdo markazi
Termizda xalqaro savdo markazi ochildi
16:27 29.08.2024 (yangilandi: 16:40 29.08.2024) Aripov Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari bilan Termiz xalqaro savdo markazini ochib berdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Bugun “Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh vaziri
matbuot kotibi. Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon bosh vazirining o‘rinbosari Shahin Mustafayev, Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qozog‘iston savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari Qayrat Torebayev ishtirok etdi.
Ramziy tasma kesilib, markaz rasman ochilganidan so‘ng, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston Qirg‘iziston va boshqa mamlakat diplomatik korpus vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mintaqadagi barcha davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
“Qulay ishbilarmonlik muhiti va logistikani yaratish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va tadbirkorlar uchun zarur sharoit yaratish maqsadida “Termiz xalqaro savdo markazi” barpo etildi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur markaz mintaqada savdo aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim platformaga aylanishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, Markazda Afg‘oniston fuqarolariga savdo-sotiq qilishlari, ta’lim, tibbiyot hamda boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumot uchun, markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, shuningdek, istisno tariqasida, mulk huquqi bilan sotib olish huquqi beriladi. Bunda yer uchastkasiga bo‘lgan huquq qonunchilikda belgilangan tartibda ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ulgurji va chakana savdoda to‘lov vositasi sifatida, istisno tariqasida, o‘zbek so‘mi bilan bir vaqtda dollar, rubl, yevro, yuan valyutalarini qabul qilishga
ruxsat beriladi.