Paxta mavsumi: ilk bor 1700 ga yaqin paxta terish mashinasidan foydalaniladi

© Informatsionnaya slujba "Uzagroinspeksiya" XLOPOK-2024: vpervie v sezone ojidayetsya uchastie okolo 1700 xlopkouborochnix mashin
XLOPOK-2024: vpervie v sezone ojidayetsya uchastie okolo 1700 xlopkouborochnix mashin
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2024
Obuna bo‘lish
Bu yil ilk bor imtiyozli lizing shartlari asosida 600 dan ortiq yuqori unumli paxta terish mashinalarini fermer xo‘jaliklar va klasterlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Bu yil paxta yig‘im-terim ishlarida respublika bo‘yicha jami 1 690 dona, shundan 609 dona 2024-yilda yangi lizing asosida xarid qilinadigan paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan. Bu haqda "O‘zagroinspeksiya" axborot xizmati ma’lum qildi.
“Paxta terish mashinalarining 1 423 donasi yoki 84 foizi yuqori unumli texnikalar hisoblanadi. Ayniqsa paxta maydoni mashina terimi uchun agrotexnik talablar darajasida to‘g‘ri tayyorlangan bo‘lsa, ushbu yangi avlod paxta terish mashinasining har birini ish unumdorligi kuniga 50 tonnagacha bo‘lib, 800-1000 nafar terimchi o‘rnini bosa oladi”, — deyiladi xabarda.
Bu yil ilk bor imtiyozli lizing shartlari asosida 600 tadan ortiq yuqori unumli paxta terish mashinalarini joylardagi fermer xo‘jaliklari va klasterlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.
Aytilishicha, paxta terish mashinalari yordamida terimni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha hududlarda paxta terish mashinalari tomonidan terilgan har bir tonna paxta xomashosini yig‘ib-terib olish xizmati bahosini 20 foizi, biroq 250 ming so‘mdan oshmagan qismi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

“Berilayotgan ushbu imtiyoz va imkoniyatlar natijasida bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida paxta terish mashinalari terimi boshlab yuborildi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Mavsumda qatnashadigan mashinalarning asosiy qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
Jizzaxda 406 dona;
Qashqadaryoda 281 dona;
Sirdaryoda 201 dona;
Toshkentda 184 dona;
Namanganda 108 dona.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga nisbatan “paxta boykoti” bekor qilindi. Bu borada “Cotton Capaign” xalqaro koalitsiyasi bilan hamkorlik davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, barqaror qonunchilik bazasi yaratilgani, investitsiyaviy muhit yaxshilangani, yangi texnologiyalar joriy etilgani natijasida paxta tolasini qayta ishlash 2017-yildagi 40 foizdan 100 foizga yetdi. Ayni vaqtda chetdan tola va xomashyo olib kelib, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlar ham boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2023
Kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
Yangiliklar lentasi
0