https://oz.sputniknews.uz/20231109/kelasi-yildan-paxta-urugchiligi-boyicha-yangicha-yondashuvlar-joriy-qilinadi-40861574.html
Kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
Kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Aytilishicha, hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.
2023-11-09T18:35+0500
2023-11-09T18:35+0500
2023-11-09T18:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qishloq xo‘jaligi
paxta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40861734_200:103:1014:561_1920x0_80_0_0_ff02575071b1e739de8d69384ddc5947.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida aytildi. Ta’kidlanishicha, vaziyatni jilovlashning yagona yo‘li – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo‘shilgan qiymat yaratishga ko‘proq investitsiya jalb qilish orqali eksportni ko‘paytirish hisoblanadi.Buning uchun qishloq xo‘jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan bo‘lsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi ko‘rsatib o‘tildi.Aytilishicha, hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.Kelgusi yili ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70-80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi.Shu bilan birga, 30 sentnerdan past hosil berayotgan navlarni ekish to‘xtatilib, ular urug‘chilik institutlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi serhosil navlar bilan almashtiriladi.Qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyat hokimlariga bu bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/09/40861734_303:123:801:497_1920x0_80_0_0_76f2aa2cde5690e584c525bfd42943d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
Kelasi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi
18:35 09.11.2023 (yangilandi: 18:56 09.11.2023) Aytilishicha, hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida
aytildi.
Yig‘ilish avvalida dunyodagi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar hamda asosiy hamkor davlatlardagi devalvatsiya yil boshida belgilab olingan rejalarni o‘zgartirib yuborgani, bu, ayniqsa, oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy ta’sir qilgani qayd etildi.
Ta’kidlanishicha, vaziyatni jilovlashning yagona yo‘li – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo‘shilgan qiymat yaratishga ko‘proq investitsiya jalb qilish orqali eksportni ko‘paytirish hisoblanadi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 sentnerdan oshgan bo‘lsa, 9 tasida 30 sentnerdan kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Aytilishicha, hosildorlik pastligi va tannarx yuqoriligi hisobiga Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida rentabellik 10-11 foizdan oshmayapti.
Shu bois, kelgusi yildan paxta urug‘chiligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy qilinadi.
Kelgusi yili ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70-80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga, 30 sentnerdan past hosil berayotgan navlarni ekish to‘xtatilib, ular urug‘chilik institutlari tomonidan ishlab chiqilgan yangi serhosil navlar bilan almashtiriladi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri va viloyat hokimlariga bu bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.