https://oz.sputniknews.uz/20240902/boysunda-favqulodda-hodisa-yuz-berdi-45458968.html
Boysunda favqulodda hodisa yuz berdi
Boysunda favqulodda hodisa yuz berdi
Sputnik O‘zbekiston
Boysundagi konlardan birida texnologik favqulodda hodisa sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmagan — FVV. 02.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-02T08:31+0500
2024-09-02T08:31+0500
2024-09-02T10:28+0500
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
surxondaryo
baxtsiz hodisa
hodisalar
boysun tumani
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/02/45458804_0:87:1012:656_1920x0_80_0_0_b30624bb8558969dad5d5cfc0199bedf.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida texnologik favqulodda hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. "Fuqarolarning tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q", - deyilgan xabarda.Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borgan. Mutaxassislar barcha zaruriy ishlarni olib borishmoqda.
surxondaryo
boysun tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/02/45458804_0:0:1012:759_1920x0_80_0_0_7ab5004b03c85f270e7350595ecaf9ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), surxondaryo, baxtsiz hodisa, hodisalar , boysun tumani, jamiyat
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), surxondaryo, baxtsiz hodisa, hodisalar , boysun tumani, jamiyat
Boysunda favqulodda hodisa yuz berdi
08:31 02.09.2024 (yangilandi: 10:28 02.09.2024) Boysundagi konlardan birida texnologik favqulodda hodisa sodir bo‘ldi, hech kim jabrlanmagan — FVV.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida texnologik favqulodda hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
1 sentabr kuni, soat 15:17 da Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Ko‘lqamish" MFY hududida joylashgan "Mustaqillikning 25-yilligi" koniga qarashli 604-son qudug‘ida burg‘ulash ishlari olib borish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
"Fuqarolarning tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Vaziyat to‘liq nazorat ostida. Vahimaga o‘rin yo‘q", - deyilgan xabarda.
Hodisa joyiga tegishli tashkilotlarning vakillari yetib borgan. Mutaxassislar barcha zaruriy ishlarni olib borishmoqda.