Shahrisabzlik hunarmand ayol oilaviy an’analarini qanday saqlab qolgan — foto
Shahrisabzlik hunarmand ayol oilaviy an’analarini qanday saqlab qolgan — foto
Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Choriyeva shahrisabzlik hunarmand. U o‘ziga xos to‘qilgan gilamlar, choponlar, do‘ppilar yaratadi.U hunarmandlik sirlarini buvisidan o‘rgangan. Bugun esa o‘z ustaxonasida bilimlarini qizlari va nevaralariga o‘rgatmoqda. Bolalar noyob naqshlar qanday yaratilishini ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi, buvisining ish jarayonini diqqat bilan kuzatishadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik, Bahrom Hatamov. Gulnora Choriyeva shahrisabzlik hunarmand. U o‘ziga xos to‘qilgan gilamlar, choponlar, do‘ppilar yaratadi.Hunarmandlik sirlarini buvisidan o‘rgangan Gulnora opa bugun o‘z ustaxonasida bilimlarini qizlari va nevaralariga o‘rgatmoqda. Bolalar noyob naqshlar qanday yaratilishini ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi, buvisining ish jarayonini diqqat bilan kuzatishadi.Hunarmand o‘z ishlarida zamonaviylikka urg‘u beradi, bu uning ishlarida o‘z aksini topadi. Ayollar choponlari nafaqat mahalliy xaridorlar orasida talabga ega, balki ularni chet ellik sayyohlar ham sotib olishadi.Gulnora Choriyeva o‘z tajribasi va bilimi bilan o‘rtoqlashishdan mamnun, shuning uchun u yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazib, nafaqat asosiy texnikalarni, balki to‘qimachilik bilan ishlashning innovatsion yondashuvlarini ham o‘rgatadi.Hunarmand, shuningdek, madaniyatlar va mehnatga yondashuvlar uyg‘unligi an’anaviy san’atni boyitib, uni rang-barang qiladi, deb hisoblaydi.Gulnora opa tabiat go‘zalligi ramzi bo‘lgan gul naqshlari bilan bezatilgan har bir bosh kiyimlar – do‘ppilarga alohida e’tibor beradi.Gulnora opaning sevimli ishi nafaqat o‘zi, balki ustaxonasida birga ishlayotgan ayollarning ham daromad manbaiga aylangan.Taniqli hunarmand Gulnora Choriyevaning ishlari bilan suratlar orqali tanishing.
Gulnora opaning sevimli ishi nafaqat o‘zining, balki ustaxonasida birga ishlayotgan ayollarning ham daromad manbaiga aylangan.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik, Bahrom Hatamov. Gulnora Choriyeva shahrisabzlik hunarmand. U o‘ziga xos to‘qilgan gilamlar, choponlar, do‘ppilar yaratadi.
Hunarmandlik sirlarini buvisidan o‘rgangan Gulnora opa bugun o‘z ustaxonasida bilimlarini qizlari va nevaralariga o‘rgatmoqda. Bolalar noyob naqshlar qanday yaratilishini ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi, buvisining ish jarayonini diqqat bilan kuzatishadi.
Hunarmand o‘z ishlarida zamonaviylikka urg‘u beradi, bu uning ishlarida o‘z aksini topadi. Ayollar choponlari nafaqat mahalliy xaridorlar orasida talabga ega, balki ularni chet ellik sayyohlar ham sotib olishadi.
Gulnora Choriyeva o‘z tajribasi va bilimi bilan o‘rtoqlashishdan mamnun, shuning uchun u yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazib, nafaqat asosiy texnikalarni, balki to‘qimachilik bilan ishlashning innovatsion yondashuvlarini ham o‘rgatadi.
“Yosh avlod o‘z ishini yaratishda erkinlikni his qilishi muhim, shuning uchun biz ularning tajribalari va yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deydi Gulnora Choriyeva.
Hunarmand, shuningdek, madaniyatlar va mehnatga yondashuvlar uyg‘unligi an’anaviy san’atni boyitib, uni rang-barang qiladi, deb hisoblaydi.
Gulnora opa tabiat go‘zalligi ramzi bo‘lgan gul naqshlari bilan bezatilgan har bir bosh kiyimlar – do‘ppilarga alohida e’tibor beradi.
“Bu shunchaki dekorativ bezak emas. Har bir naqsh o‘ziga xos ma’noga ega va ona yurtning tabiati va madaniyati bilan bog‘liq”, - deydi u.
Gulnora opaning sevimli ishi nafaqat o‘zi, balki ustaxonasida birga ishlayotgan ayollarning ham daromad manbaiga aylangan.
Taniqli hunarmand Gulnora Choriyevaning ishlari bilan suratlar orqali tanishing.