Shahrisabzlik hunarmand ayol oilaviy an’analarini qanday saqlab qolgan — foto

Obuna bo‘lish
Gulnora opaning sevimli ishi nafaqat o‘zining, balki ustaxonasida birga ishlayotgan ayollarning ham daromad manbaiga aylangan.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik, Bahrom Hatamov. Gulnora Choriyeva shahrisabzlik hunarmand. U o‘ziga xos to‘qilgan gilamlar, choponlar, do‘ppilar yaratadi.
Hunarmandlik sirlarini buvisidan o‘rgangan Gulnora opa bugun o‘z ustaxonasida bilimlarini qizlari va nevaralariga o‘rgatmoqda. Bolalar noyob naqshlar qanday yaratilishini ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi, buvisining ish jarayonini diqqat bilan kuzatishadi.
Hunarmand o‘z ishlarida zamonaviylikka urg‘u beradi, bu uning ishlarida o‘z aksini topadi. Ayollar choponlari nafaqat mahalliy xaridorlar orasida talabga ega, balki ularni chet ellik sayyohlar ham sotib olishadi.
Gulnora Choriyeva o‘z tajribasi va bilimi bilan o‘rtoqlashishdan mamnun, shuning uchun u yoshlar uchun mahorat darslari o‘tkazib, nafaqat asosiy texnikalarni, balki to‘qimachilik bilan ishlashning innovatsion yondashuvlarini ham o‘rgatadi.
“Yosh avlod o‘z ishini yaratishda erkinlikni his qilishi muhim, shuning uchun biz ularning tajribalari va yangi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, – deydi Gulnora Choriyeva.
Hunarmand, shuningdek, madaniyatlar va mehnatga yondashuvlar uyg‘unligi an’anaviy san’atni boyitib, uni rang-barang qiladi, deb hisoblaydi.
Gulnora opa tabiat go‘zalligi ramzi bo‘lgan gul naqshlari bilan bezatilgan har bir bosh kiyimlar – do‘ppilarga alohida e’tibor beradi.
“Bu shunchaki dekorativ bezak emas. Har bir naqsh o‘ziga xos ma’noga ega va ona yurtning tabiati va madaniyati bilan bog‘liq”, - deydi u.
Gulnora opaning sevimli ishi nafaqat o‘zi, balki ustaxonasida birga ishlayotgan ayollarning ham daromad manbaiga aylangan.
Taniqli hunarmand Gulnora Choriyevaning ishlari bilan suratlar orqali tanishing.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gilam to‘qish jarayoni

Gilam to‘qish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
1/10

Gilam to‘qish jarayoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ustaxonada ish jarayoni

Ustaxonada ish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
2/10

Ustaxonada ish jarayoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Hunarmandning tayyor ishi

Hunarmandning tayyor ishi - Sputnik O‘zbekiston
3/10

Hunarmandning tayyor ishi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gulnora Choriyeva nevaralari bilan oilaviy hunarmandchilik sirlarini o‘rtoqlashmoqda

Gulnora Choriyeva nevaralari bilan oilaviy hunarmandchilik sirlarini o‘rtoqlashmoqda - Sputnik O‘zbekiston
4/10

Gulnora Choriyeva nevaralari bilan oilaviy hunarmandchilik sirlarini o‘rtoqlashmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Bosh kiyim yaratish jarayoni

Bosh kiyim yaratish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
5/10

Bosh kiyim yaratish jarayoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Uning tayyor holati

Uning tayyor holati - Sputnik O‘zbekiston
6/10

Uning tayyor holati

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iplar va tayyor mahsulotlar

Iplar va tayyor mahsulotlar - Sputnik O‘zbekiston
7/10

Iplar va tayyor mahsulotlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gulnora Choriyeva ustaxonasida ish jarayonida

Gulnora Choriyeva ustaxonasida ish jarayonida - Sputnik O‘zbekiston
8/10

Gulnora Choriyeva ustaxonasida ish jarayonida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gulnora Choriyeva ayollar choponlarining sifatini tekshirmoqda

Gulnora Choriyeva ayollar choponlarining sifatini tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
9/10

Gulnora Choriyeva ayollar choponlarining sifatini tekshirmoqda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Gulnora Choriyeva Shahrisabzdagi Ko‘k-Gumbaz masjidi fonida

Gulnora Choriyeva Shahrisabzdagi Ko‘k-Gumbaz masjidi fonida - Sputnik O‘zbekiston
10/10

Gulnora Choriyeva Shahrisabzdagi Ko‘k-Gumbaz masjidi fonida

Yangiliklar lentasi
0