https://oz.sputniknews.uz/20240909/uzbekistan-hungary-rassomchilik-dizayn-kadr-45542142.html
O‘zbekiston va Vengriya rassomchilik va dizayn sohasida kadrlar tayyorlamoqchi
O‘zbekiston va Vengriya rassomchilik va dizayn sohasida kadrlar tayyorlamoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Vengriya 2025-yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qildi.
2024-09-09T14:21+0500
2024-09-09T14:21+0500
2024-09-09T16:10+0500
madaniyat
o‘zbekiston
vengriya
rassom
kadrlar almashuvi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45557150_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_ea55d26a148b21b7cebbb28c1477868e.jpg.webp
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya rassomchilik va dizayn sohasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Vengriyaning Moxoli-Nad nomli San’at va dizayn universiteti bosh ijrochi direktori Reka Metxaides va prorektor Lili Ermezey bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki ta’lim dargohlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Prorektor Lili Ermezey O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini bildirib, tajriba va fikr almashishning muhimligini qayd etdi. Tomonlar, shuningdek, o‘quv va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, talabalar va o‘qituvchilarning amaliyot o‘tashlari, qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi. Bosh ijrochi direktori Reka Metxaides hamkorlikning ilk qadami sifatida 2025-yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qildi. Aytilishicha, mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240829/ozbekistonda-yana-bir-jahon-rekordi-ornatildi-video-45422426.html
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45557150_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_af2886095ddfa148a37bd24ba21be329.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vengriya o‘zbekiston "kubik rubik" ko‘rgazmasi
vengriya o‘zbekiston "kubik rubik" ko‘rgazmasi
O‘zbekiston va Vengriya rassomchilik va dizayn sohasida kadrlar tayyorlamoqchi
14:21 09.09.2024 (yangilandi: 16:10 09.09.2024) Vengriya 2025-yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qildi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya rassomchilik va dizayn sohasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Oybek Shahavdinov Vengriyaning Moxoli-Nad nomli San’at va dizayn universiteti bosh ijrochi direktori Reka Metxaides va prorektor Lili Ermezey bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki ta’lim dargohlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbek san’ati yorqin milliy kashtachilik turlaridan tortib, nafis miniatura va me’morchilik kabi betakror yo‘nalishlarigacha har bir ijodkorni ilhomlantiradi va badiiy ijodning yangi qirralarini ochib beradi", — dedi Reka Metxaides.
Prorektor Lili Ermezey O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini bildirib, tajriba va fikr almashishning muhimligini qayd etdi.
Tomonlar, shuningdek, o‘quv va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, talabalar va o‘qituvchilarning amaliyot o‘tashlari, qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qilishdi.
“Vengriya vakillari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdorligini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.
Bosh ijrochi direktori Reka Metxaides hamkorlikning ilk qadami sifatida 2025-yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qildi.
Aytilishicha, mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.