O‘zbekistonda yana bir jahon rekordi o‘rnatildi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonda ebru uslubida eng katta tasvir yaratildi. Uning maydoni 18 m² ni tashkil qiladi. Ushbu yutuq Ginness rekordlari kitobiga kiritildi.
O‘zbekistonda “ebru” texnikasi yordamida yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi gerbi tasviri paydo bo‘ldi.

Muallif turkiyalik rassom Ahmad Choktan bo‘ldi. Eng qizig‘i, “ebru” uslubidagi avvalgi rekord ham unga tegishli. Rekord 2009-yilda o‘rnatilgan edi va unda tasvir 16,5 m² o‘lchamdagi qog‘ozga ko‘chirib o‘tkazilgan. “Ebru” texnikasi hozirgi O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan deb hisoblanadi, ammo Turkiyada ham keng tarqalgan.

“Ebru” uchun ijod maydoni suv yuzasidir. Rassom maxsus bo‘yoqlar yordamida tasvir yaratadi va uni qog‘oz, yog‘och yoki boshqa narsa yuzasiga ko‘chirib o‘tkazadi.
Batafsil - Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0