Paralimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi

© NOKParalimpiysi Uzbekistana zafiksirovali svoy luchshiy rezultat v istorii i zanyali 13 mesto v medalnom zachote
Paralimpiysi Uzbekistana zafiksirovali svoy luchshiy rezultat v istorii i zanyali 13 mesto v medalnom zachote  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2024
Obuna bo‘lish
Paralimpiyachilar medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishdi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik paralimpiyachilar o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida o‘n uchinchi bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Parijdagi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
“O‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Bu bilan paralimpiyachilar medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija bilan delegatsiya Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi bugun mamlakatga qaytib keladi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2024
Mirziyoyev Parij Paralimpiadasining navbatdagi g‘oliblari bilan telefon orqali suhbatlashdi
Yangiliklar lentasi
0