Mirziyoyev Parij Paralimpiadasining navbatdagi g‘oliblari bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2024
Obuna bo‘lish
Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazildi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Paralimpiadasida ishtirok etgan yengil atletikachilar Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan telefon orqali suhbatlashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Kecha Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazib, tarixdagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
O‘z g‘alabalari bilan ushbu tarixiy natijaga hissa qo‘shgan yengil atletikachilar Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yo‘ldoshev bilan Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi va ularni dildan tabrikladi.
"Tinimsiz kuzatib boraman faoliyatingni. Olimpiya shaharchamizda qurilishni boshlaganimizda "Paralimpiadadan oltin bilan kelaman", degan yoqimli so‘zlaring esimda. Bu nimadan dalolat? Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora o‘sib borayapsan. Bergan va’dangni ortig‘i bilan bajarding”, — deya davlat rahbari bir yo‘la jahon rekordini o‘rnatgan va uni yana yangilagan Nurxon Qurbonovani tabrikladi.
Prezident Tolibboy Yo‘ldoshev bilan suhbatda “Bir necha kun oldin yadro uloqtirish bo‘yicha bronza medalini olgan eding. Ikki sport turi bo‘yicha ikkita yuksak natija - bu chinakam jasorat. Bu yutuqlar mashaqqatli mehnatlaring, tinimsiz mashqlaring, to‘plagan boy mahorating mevasidir”, deya qayd etdi.
Chempion paralimpiyachilar bu yutuqlar o‘z-o‘zidan bo‘lmagani, davlat rahbarining paralimpiya harakatiga qaratayotgan e’tibori va ishonchi tufayli erishilayotganini ta’kidlab, o‘z nomidan, murabbiylari va ota-onasi nomidan minnatdorlik bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0