"Vaqt masalasi." AQShda global yadro urushi haqida xavotirli bayonot berildi

© Depositphotos.com / curraheeshutterYaderniy vzriv. Arxivnoe foto
Yaderniy vzriv. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2024
Obuna bo‘lish
Ritter yadro urushini dunyodagi keskinlik darajasidan kelib chiqqan holda vaqt masalasi deb atadi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Ertami-kechmi dunyoda yuqori darajadagi keskinlik tufayli yadroviy urush boshlanadi. Bu haqda AQSh armiyasining sobiq razvedkachisi Skott Ritter ijtimoiy tarmoqda bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Dunyodagi hozirgi taranglik darajasidan kelib chiqqan holda, bu (yadro qurolidan foydalanish - tahrir) vaqt masalasidir”, — deya taxmin qildi ekspert.
Razvedka xodimining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tendensiya shundan iboratki, dunyo sekin-asta yadroviy tiyilishning klassik konsepsiyasidan uzoqlashmoqda, bu esa ommaviy qirg‘in qurollaridan profilaktik foydalanishni nazarda tutmaydi.
Ritterning fikricha, "oldindan zarba berishingiz mumkin bo‘lgan ssenariy mavjud." Mutaxassis ta’kidlaganidek, dunyo mamlakatlari endi bunday qurollar ustidan nazoratni muhokama qilmaydi va ularning arsenalini qisqartirish zarurligi haqida gapirmaydi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yadro urushi xavfi hozirda juda katta ekanligini, bu xavfni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmasligini aytgan edi. Biroq, uning fikricha, bu tahdidni sun’iy ravishda kuchaytirishga tayyor bo‘lganlar ko‘p. Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash masalasiga beparvolik bilan qaramaslik kerakligi haqida ogohlantirgan edi.
Intervyu Sergeya Lavrova radiostansiyam Sputnik, Komsomolskaya pravda i Govorit Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritilmoqda — Lavrov
Yangiliklar lentasi
0