https://oz.sputniknews.uz/20240827/russia-yadro-qurol-foydalanish-doktrina-lavrov-45397438.html
Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritilmoqda — Lavrov
Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritilmoqda — Lavrov
Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: hozir aniqlik kiritilmoqda va bu haqda Amerika rahbarlari juda yaxshi bilishadi. 27.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-27T19:18+0500
2024-08-27T19:18+0500
2024-08-27T19:18+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
aqsh
yadro quroli
yadrosiz dunyo
sergey lavrov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43513936_0:0:2988:1682_1920x0_80_0_0_3bdf196f4e92b9b0c092eeb82aa6e9ff.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya rasmiylari hozir yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaman tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.Lavrov AQShning Janubi-Sharqiy Osiyodagi yadro quroli xavfi haqida ogohlantirdiVladimir Putin iyun oyi oxirida Rossiya yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning tushuntirishicha, tuzatishlar yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish imkoniyati haqidagi muhokamalar fonida amalga oshirilmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar ishlab chiqilmoqda, G‘arbdagi ekspert doiralarida esa bunday qurollardan foydalanish mumkinligi va buning hech qanday yomon joyi yo‘q degan fikrlar mavjud.Rossiya rahbarining bu bayonotidan keyin AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili RIA Novosti agentligiga Vashington Moskva bilan Ukraina mojarosiga havola qilmasdan yadroviy xavf va qurol nazorati masalalarida gaplashishga ochiqligini aytdi. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, AQSh nafaqat yadroviy xavflarni, balki Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma vorisi bo‘ladigan kelishuv formatini ham muhokama qilishga tayyor.Uchinchi jahon urushi xavfi qanday — ekspert javobiAQShda Trampning yadroviy loyihasi bo‘yicha xavotir bildirildi
https://oz.sputniknews.uz/20240812/amerika-atom-yolgon-45140396.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/13/43513936_146:0:2877:2048_1920x0_80_0_0_9bcdadd6a70813754cbad494293ca5b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, aqsh, yadro quroli, yadrosiz dunyo, sergey lavrov
dunyo yangiliklari, dunyoda, rossiya, aqsh, yadro quroli, yadrosiz dunyo, sergey lavrov
Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritilmoqda — Lavrov
Lavrov: hozir aniqlik kiritilmoqda va bu haqda Amerika rahbarlari juda yaxshi bilishadi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Rossiya rasmiylari hozir yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga aniqlik kiritmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yaman tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida
ma’lum qildi. “Amerikaliklar uchinchi jahon urushi haqidagi gaplarni, xudo asrasin, agar u rost bo‘lsa, faqat Yevropaga ta’sir qilishi bilan bog‘lashadi. <...> Va bu vaziyatda <...> bizda o‘z doktrinamiz borligini, shu jumladan, yadro qurolidan foydalanish doktrinasiga ega ekanligini tushunish juda muhim, aytmoqchi, hozir aniqlik kiritilmoqda va bu haqda Amerika rahbarlari juda yaxshi bilishadi”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Vladimir Putin iyun oyi oxirida Rossiya yadroviy doktrinasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning tushuntirishicha, tuzatishlar yadro qurolidan foydalanish chegarasini pasaytirish imkoniyati haqidagi muhokamalar fonida amalga oshirilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ta kam quvvatli portlovchi yadroviy qurilmalar ishlab chiqilmoqda, G‘arbdagi ekspert doiralarida esa bunday qurollardan foydalanish mumkinligi va buning hech qanday yomon joyi yo‘q degan fikrlar mavjud.
Rossiya rahbarining bu bayonotidan keyin AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili RIA Novosti agentligiga Vashington Moskva bilan Ukraina mojarosiga havola qilmasdan yadroviy xavf va qurol nazorati masalalarida gaplashishga ochiqligini aytdi. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, AQSh nafaqat yadroviy xavflarni, balki Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnoma vorisi bo‘ladigan kelishuv formatini ham muhokama qilishga tayyor.