Parij-2024: Nurxon Qurbonova O‘zbekiston delegatsiyasiga 10-oltin medalni olib keldi

© NOKNurxon Kurbonova - chempionka Paralimpiyskix igr Parij-2024!
Nurxon Kurbonova - chempionka Paralimpiyskix igr Parij-2024! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2024
Obuna bo‘lish
Nurxon Qurbonova jahon rekordini yangiladi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para yengil atletikachi Nurxon Qurbonova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 10-oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, F54 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning o‘ziga tegishli edi. Qurbonova joriy yil Yaponiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo‘lgan edi.
Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.
Paralimpiyskie igri v Parije — 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2024
Parij-2024: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 6 ta medal yozildi
Yangiliklar lentasi
0