https://oz.sputniknews.uz/20240907/parij-2024-ozbekiston-delegatsiyasi-6-ta-medal-45521993.html
Parij-2024: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 6 ta medal yozildi
Parij-2024: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 6 ta medal yozildi
Sputnik O‘zbekiston
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining deyarli har bir kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun katta g‘alabalarga boy o‘tmoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
2024-09-07T11:30+0500
2024-09-07T11:30+0500
2024-09-07T11:40+0500
sport
o‘zbekiston
parij
paralimpiada
oltin medal
kumush medal
bronza medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/07/45521830_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_b8c5de2baef3271847ac232bc94bcd35.jpg
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining deyarli har bir kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun katta g‘alabalarga boy o‘tmoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘lishdi.Para yengil atletikachi Safiya Burxonova F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Burxonova musobaqada 14.12 metr natija qayd etdi.Para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘qqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan Yo‘ldoshev 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.Para yengil atletikachi Temurbek Giyazov ham o‘z nomini Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining sovrindorlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Giyazov 2.03 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.Para dzudochi Kumushxon Xodjayeva J2 klassining -57 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Xodjayeva finalda yaponiyalik Junko Xirosega imkoniyatni boy berdi.Para dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Uchqun Quranboyev Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda kurashgan Quranboyev uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiy koreyalik Dongxun Kimni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi. Quranboyev Tokio tatamilarida kechgan Paralimpiya bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.Kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan Shaxinaxon Yigitaliyeva para yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Yosh para atlet murosasiz bahslarda 43.12 metr natija qayd etishga erishdi.O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.Bugun Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 15 nafar a’zosi ishtirok etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20240907/paralimpiya-oyinlari-mirziyoev-sportchilar-45521027.html
o‘zbekiston
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/07/45521830_206:0:1166:720_1920x0_80_0_0_a2d48aac86772def3fc5cc77aed93160.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
parij-2024 o‘zbekiston medal
parij-2024 o‘zbekiston medal
Parij-2024: O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana 6 ta medal yozildi
11:30 07.09.2024 (yangilandi: 11:40 07.09.2024) O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining deyarli har bir kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun katta g‘alabalarga boy o‘tmoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medalga
sazovor bo‘lishdi. Para yengil atletikachi Safiya Burxonova F12 klassida yadro uloqtirish bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Burxonova musobaqada 14.12 metr natija qayd etdi.
Para yengil atletikachi Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga to‘qqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan Yo‘ldoshev 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Para yengil atletikachi Temurbek Giyazov ham o‘z nomini Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining sovrindorlari qatoriga qo‘shib qo‘ydi. T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Giyazov 2.03 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Para dzudochi Kumushxon Xodjayeva J2 klassining -57 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Xodjayeva finalda yaponiyalik Junko Xirosega imkoniyatni boy berdi.
Para dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Uchqun Quranboyev Paralimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda kurashgan Quranboyev uchinchi o‘rin uchun bahsda janubiy koreyalik Dongxun Kimni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi. Quranboyev Tokio tatamilarida kechgan Paralimpiya bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.
Kelasi oy 16 yoshni qarshi oladigan Shaxinaxon Yigitaliyeva para yengil atletikaning F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida kumush medal sohibiga aylandi. Yosh para atlet murosasiz bahslarda 43.12 metr natija qayd etishga erishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil etmoqda.
Bugun Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasining 15 nafar a’zosi ishtirok etadi.