Toshkent–Samarqand hamda Toshkent–Andijon yo‘llari qurilishi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu
V Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2024
Obuna bo‘lish
Prezidentning tegishli qarori bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar tasdiqlandi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Toshkent–Samarqand yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda hamda Toshkent–Andijon yo‘li 2026-yilda boshlanadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga oid qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
2024–2026 yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar;
2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi.
Hujjatga ko‘ra, kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Toshkent–Samarqand yo‘lini qurish ishlari 2024-yilda hamda Toshkent–Andijon yo‘li 2026-yilda boshlanadi. Bunda yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsad qilingan.
Yillik energiya yo‘qotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027-yil 1-iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027-yil yakuniga qadar xususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalar imzolanadi.
Hujjatda yiliga qo‘shimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028-yilga qadar barcha ma’nan eskirgan irrigatsiya nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, toza va doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv ta’minoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028-yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish uchun xususiy kompaniyalar jalb qilinadi.
“400 mingdan ortiq o‘quvchilar sig‘imiga ega zamonaviy ta’lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig‘imiga ega maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etiladi”, — deyiladi hujjat matnida.
Qolaversa, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p tarmoqli shifoxonalari quriladi va ular xususiy operatorlar boshqaruviga beriladi.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Tadbirkorlarga yengilliklar beriladi — prezident farmoni
Yangiliklar lentasi
0