Tadbirkorlarga yengilliklar beriladi — prezident farmoni

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlarga QQSni kamaytirish, ortiqcha elektr va gaz iste’moli uchun to‘lovni kamaytirish va boshqa imziyozlar beriladi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi. Bu haqida 30-avgust kuni qabul qilingan prezident farmonida aytib o‘tilgan. "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabari asosida.

2024 yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarning ortiqcha iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovi 10 baravarga kamaytiriladi;
kichik biznes uchun ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar miqdori 300 mln. so‘mgacha oshiriladi;
️eksportchilarga QQS o‘rnini qoplash mexanizmi soddalashtiriladi;
asbob-uskuna import qilishda yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq bo‘lishiga ruxsat beriladi.

2025 yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar:

umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi qaytariladi (shartlari bor);
turizm sohasida ishlayotgan tadbirkorlarga (mehmonxona va turoperatorlar) QQSning 20 foizi qaytariladi.

2025 yil 1-yanvardan:

inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi (2024 yil 1-noyabrdan).
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0