Avgust oyida ayrim tovar va xizmatlar narxi oshdi

© Sputnik / Aleksey DanichevProdukti na stole
Produkti na stole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Obuna bo‘lish
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tovar va xizmatlarning 120 mingdan ortiq narxlari qayd etilgan.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. 2024 yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha narxlari 0,5 % ga oshdi, deb xabar qilmoqda Stastistika agentligi.
Bunda tovar guruhlari bo‘ychia quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan:
oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,3 % ga,
nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga,
pulli xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,4 % ga oshgan.
Mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun 10 mingtadan ortiq savdo nuqtalarida 420 ta turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida 90 ta turdagi xizmatlar narxlari kuzatilgan.
O‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sishi 10,5 % ni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0