AQSh Venesuela prezidentining samolyotini qo‘lga oldi

© Sos.setiDassault Falcon 900EX
Dassault Falcon 900EX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Obuna bo‘lish
Venesuela hukumati AQShni qaroqchilikda aybladi va javob choralar ko‘rishni va’da berdi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Amerika hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning samolyotini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda CNN.
"Qo‘shma Shtatlar prezident Maduroning samolyotini qo‘lga olib, uni Floridaga jo‘natdi", - deyiladi xabarda.
Qiymati 13 million dollarga yaqin bo‘lgan "Dassault Falcon 900EX" samolyoti Dominikana Respublikasida texnik ko‘rikdan o‘tayotgan bo‘lgan. AQSh mahalliy hukumatga bosim o‘tkazib, samolyotni egallab olgan.

Keyinroq AQSh Moliya vazirligi samolyotni sotib olishda AQShning sanksiyalar va eksport nazorati to‘g‘risidagi qonunlari buzilganini ma’lum qildi. Endi Vashington samolyotni musodara qilishni talab qilmoqchi.
Ushbu voqeadan so‘ng Venesuela hukumati AQShni qaroqchilikda aybladi.
“Venesuela xalqaro hamjamiyatga AQSh rasmiylari yana bir bor faqat qaroqchilik sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakat sodir etganini, samolyotni noqonuniy musodara qilganini e’lon qiladi. Ularning xatti-harakatlari butun dunyo bo‘ylab bir tomonlama va noqonuniy amalga oshirilmoqda. Hech kim bunday noqonuniy qadamlardan himoyalanmagan", - deyiladi aloqa, madaniyat va turizm vaziri Freddi Nanesning Telegram-kanalida e’lon qilingan kommunikeda.
AQSh bir necha yildan buyon Venesuelaga nisbatan turli sanksiya va cheklovlarni qo‘llab kelmoqda. Qo‘shma shtatalar ikki marotaba Venesuelada hukumatni egallab olish maqsadida o‘z nomzodini prezidentlik kursisiga o‘tqazishga urinishdi. Lekin har ikkala urinish ham natijasiz yakunlandi. Xalq dastlab Ugo Chavesni, keyin esa Nikolas Maduroni qo‘llab quvvatladi. Tartibsizliklar huquqni saqlash organlari tomonidan bostirildi.
Nikolas Maduro, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2024
Rossiya NATO va G‘arb sanksiyalari ustidan g‘alaba qozonmoqda – Maduro
Yangiliklar lentasi
0