Rossiya NATO va G‘arb sanksiyalari ustidan g‘alaba qozonmoqda – Maduro

© Sputnik / Magda Xibelli / Mediabankka o‘tishNikolas Maduro, arxivnoe foto
Nikolas Maduro, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2024
Obuna bo‘lish
Venesuela yetakchisining fikriga ko‘ra, G‘arb Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni istamaydi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Rossiya unga qarshi G‘arb mamlakatlari boshlagan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro shunday fikrda.
“Ularning barcha harbiy xarajatlariga qaramay, Rossiya butun NATOga qarshi urushda g‘alab qozonmoqda. Katta sa’y-harakatlar bilan, chunki unga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritishgandi, Rossiya sanksiyalarga qarshi iqtisodiy urushda g‘olib bo‘ldi. Rossiyaning iqtisodiy ko‘rsatkichlari – iqtisodiyot o‘sishi, uning barqarorligi, uning gullab-yashnani – bugun butun Yevropanikiga qaraganda yaxshiroq, hatto AQShnikiga qaraganda yaxshiroq. Bu Rossiyaning buyuk ichki kuchidan dalolat beradi”, - dedi Maduro “Le Monde diplomatique” gazetasiga bergan intervyusida.
Venesuela yetakchisining fikriga ko‘ra, G‘arb Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishni istamaydi.
“G‘arb butun vujudi bilan rusofobiya, Rossiyani yo‘q qilish g‘oyasi vasvasasiga tushgan. Faqat bitta yo‘l bor – ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqotni boshlashlari zarur, Rossiya bilan o‘zaro hurmat asosida, Rossiya uchun va butun mintaqa uchun tinchlik va xavfsizlikni kafotlatlay oladigan bitimga erishishlari kerak”, - deb hisoblaydi Maduro.
Yangiliklar lentasi
0