Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi

© SERGEI BOBYLYOVGosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi O‘zbekiston bilan MDH va ShHT doirasida samarali hamkorlikni alohida qayd etdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabriklab, mamlakatning jahon miqyosidagi mavqeyi mustahkamlanayotganini ta’kidladi,deya xabar berdi Kreml sayti.
“Hurmatli Shavkat Miromonovich, O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Mamlakatingiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlab, mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalarni hal etishda faol ishtirok etib, jahon miqyosida o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik xarakteriga ega. Moskva va Toshkent turli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilmoqda, MDH, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida samarali hamkorlik qilmoqda”, — deyiladi tabrik matnida.
Putin, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash manfaati yo‘lida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishga ishonch bildirdi.
“Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash manfaatlari yo‘lida konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni izchil oshirishda davom etamiz”, — deyiladi tabrikda.
Rossiya yetakchsi, shuningdek, O‘zbekiston rahbariga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakatning barcha fuqarolariga baxt va farovonlik tiladi.
V parke Yangi Uzbekiston sostoyalis prazdnichnie torjestva po sluchayu 33-y godovshini nezavisimosti nashey strani.

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
O‘zbekiston mustaqilligi: “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
Yangiliklar lentasi
0