O‘zbekiston mustaqilligi: “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
10:21 01.09.2024 (yangilandi: 11:48 01.09.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parke "Yangi Uzbekiston" sostoyalis prazdnichnie torjestva po sluchayu 33-y godovshini nezavisimosti nashey strani.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bayram tabrigida prezident fuqarolarni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Respublika mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Bayramda prezident Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi bilan so‘zga chiqdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRespublika mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
Respublika mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli Jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik. Bu bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi. Shunday qutlug‘ kunda O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar ajdodlarimiz xotirasini minnatdorlik bilan yodga olishimiz tabiiy, albatta. Bu fidoyi zotlarning nomlarini hech qachon unutmaymiz! Ularning xotirasi qalbimizda, yuragimizda hamisha yashaydi”, — dedi prezident.
Qayd etilishicha, so‘nggi 7-yilda O‘zbekiston tashabbuslari asosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 10 dan ziyod, jumladan, joriy yilda 4 ta maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.
Jahon banki bu yil mamlakati yalpi ichki mahsuloti 5,3 foizga o‘sishini prognoz qildi. Ko‘plab davlatlar bilan solishtirganda bu ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi e’tirof etganidek, 2023-yilda yalpi ichki mahsulotimiz ilk bor 100 milliard dollardan oshdi.
“Odamlarimizda hayotdagi muammolar yechimiga daxldorlik hissi, faol fuqarolik pozitsiyasi kuchaymoqda. Aholimiz “Tashabbusli budjet” loyihasida faol qatnashib, mahallalar hamda ijtimoiy obyektlarni moliyalashtirishni mustaqil hal etmoqda. O‘tgan davrda yurtdoshlarimiz ma’qullagan 13 mingdan ortiq loyihalar uchun 11 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ham buni tasdiqlaydi”, — deydi Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda “Yashil makon” dasturi davom etmoqda. Ayniqsa, Orol dengizi tubini ko‘kalamlashtirish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Eng muhimi, ushbu loyiha mintaqa bo‘ylab chang va tuz tarqalishining oldini olishga yordam bermoqda.
Aytilishicha, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, ularning jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga bundan buyon ham ulkan e’tibor qaratiladi.
“Lekin tinchlikni saqlash faqat harbiylarimizning ishi bo‘lib qolmasligi kerak. Bu barchamizning, har bir O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi bo‘lishi shart. Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir”, — deya ta’kidladi mamlakat yetakchisi.
Tabrikda shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi asosiy beshta ustuvor yo‘nalish qayd etib o‘tildi: sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, biznesni rivojlantirish, korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish, sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash.
“Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir. Shu sababli maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qildik. Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotni chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta’lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz. Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta’minlanmoqda”, — deydi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, respublikada dunyodagi nufuzli oliygohlarning filiallarini ochib, O‘zbekistonni yirik ta’lim markaziga aylantirish maqsad qilingan.
“Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni o‘qiting, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishlarida ularga ko‘makchi bo‘ling! Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi! Bugun O‘zbekistonning barcha yoshlariga murojaat qilmoqchiman. Qadrli o‘g‘il-qizlarim, mamlakatimiz istiqboli, barcha ezgu niyatlarimiz ijobatini biz avvalo sizlarning timsolingizda ko‘ramiz. Kelajakda turli sohalarda ulkan yutuq va zafarlarga erishib, yurtimizni dunyoga yanada keng tarannum etishingizni istaymiz”, — deya murojaat etdi prezident.
Prezident o‘z so‘zida “biz endi 37 millionlik katta xalqmiz”, deya qayd etdi.
“O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi. Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak. Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, e’tiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar ko‘p. Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bog‘lagan ijodkor ishbilarmonlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama rag‘batlantiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Mintaqamiz iqtisodiy o‘sish va investitsion faollik markazlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda.
“Bugungi noyob tarixiy imkoniyatlar asosida Markaziy Osiyoda har tomonlama sog‘lom siyosiy muhit, kelgusi avlodlar uchun erkin va xavfsiz kelajak yaratishimiz zarur. Ayni paytda dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz”, — deydi Mirziyoyev.
Prezident o‘z so‘zida, 27-oktabr kuni Oliy Majlis va hududlardagi vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga xam to‘xtalib o‘tdi.
“Ushbu saylovlar yangilangan Konstitutsiyamiz belgilab bergan ijtimoiy-siyosiy muhitda, rivojlangan davlatlardagi kabi ilk bor aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda hurmatli ayollarimizning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ishonaman, bo‘lg‘usi saylovlar xalqaro saylov standartlari va milliy saylov qonunchiligiga to‘la muvofiq holda, kuchli raqobat muhitida bo‘lib o‘tadi”, — dedi prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV parke "Yangi Uzbekiston" sostoyalis prazdnichnie torjestva po sluchayu 33-y godovshini nezavisimosti nashey strani.
V parke "Yangi Uzbekiston" sostoyalis prazdnichnie torjestva po sluchayu 33-y godovshini nezavisimosti nashey strani.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mamlakat yetakchisi butun xalqni saylovda faol ishtirok etib, Yangi O‘zbekiston uchun, erkin va farovon hayot, farzandlarning baxti va istiqboli uchun ovoz berishga chaqirdi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbir so‘ngida Yangi O‘zbekiston bog‘ida Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan salyut otildi.