Oleg Malginov: Rossiya xalqlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yuksak qadrlaydi

© Posolstvo RF v UzbekistaneRossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
Obuna bo‘lish
Oleg Malginov: Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari MDH, ShHT, BMT doirasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari MDH, ShHT, BMT va boshqa xalqaro platformalardagi o‘zaro hamkorlik doirasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov o‘zining bayram tabrigida qayd etib o‘tdi.
“Biz qardosh O‘zbekiston xalqini bosh davlat bayrami – Respublika Mustaqilligi kuni bilan tabriklaymiz! Rossiya mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi kelajakka yo‘naltirilgan har tomonlama hamkorlik, strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni yuksak qadrlaydi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning joriy yilning may oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan tarixiy tashrifi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganiga yorqin misol bo‘ldi. Uchrashuvda imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yo‘lida aloqalarni rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochdi”, — deya qayd etdi Malginov.
Uning qayd etishicha, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari MDH, ShHT, BMT va boshqa xalqaro platformalardagi o‘zaro hamkorlik doirasida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
“Barchaga sihat-salomatlik, yaxshilik va farovonlik tilaymiz! Har bir oilada tinchlik, totuvlik va o‘zaro hamjihatlik hukm sursin!”, deyiladi bayram tabrigida.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0