Mustaqillikning 33-yilligi munosabati bilan qator sohalar xodimlari mukofotlandi — ro‘yxat

© Yuriy Korsunsev/Xokimiyata goroda TashkentaPrazdnichniy salyut, posvashenniy dnyu nezavisimosti Uzbekistana
Prazdnichniy salyut, posvashenniy dnyu nezavisimosti Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2024
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan farmon imzoladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar:

"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan:
Qo‘ziyev Toir Asqarovich - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining an’anaviy ijrochilik bo‘limi o‘qituvchisi, sozanda
Nadirova Aygul Bazarbayevna - Nukus davlat pedagogika institutining musiqiy ta’lim kafedrasi dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Nazarxanova Sevara Anvarjanovna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Umarov Valixan Mirvasilevich - O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri bosh rejissori
Urinbayev Kamoliddin Turdimuratovich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari
Amonqulova Nigina Haydarovna - Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Televidenie va radio qo‘mitasining "Daryo" ansambli xonandasi
"O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi" faxriy unvoni bilan:
Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich - Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm viloyati
"O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni bilan:
Ziyaxanov Xurshid Djavidovich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining miniatura va kitob grafikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, grafik rassom
"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni bilan:
Xolboyev Xamza Davlayevich - Uzun tumani "Yangi yulduz" madaniyat markazi qoshidagi "Rayhon" ashula va raqs xalq ansambli baxshisi, Surxondaryo viloyati
"O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni bilan:
Djalalov Xodjikurban - Respublika "Usto" uyushmasining "Golden Ganch Mansurjon" korxonasi ganchkor ustasi, Samarqand viloyati
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni bilan:
Artikova Dilnoza Ilxombayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi
Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining milliy simfonik orkestri bosh dirijori
Saidzoda Ozoda Parpiyevna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan:
Lutpullayev Xayrulla - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi professori
Mavloniy Mashxura Igamovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti sanoat mikrobiologiyasi laboratoriyasi mudiri, akademik
Mirzamaxmudov Ismaildjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Farg‘ona viloyati
Sultanov Begdulla Jumashevich - faxriy pedagog, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan:
Ikramov Adxam Ilxamovich - O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri
"Imom Buxoriy" ordeni bilan:
Naimov Alisher Abdurashidovich - Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi
Usmanov Raxmatillo Axmatovich - Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili
Elov Jobir Rustamovich - Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:
Abdualimov Aloxon - Davlatobod tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Kamilov Azizjon Yakubjanovich - O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Saparova Raixan Xalmuratovna - Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri faxriy artisti, xonanda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Tuxliyev Bokijon - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik kafedrasi professori
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Abduvaxabov Mirzabaxrom - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, kulol, Andijon viloyati
Aripov Taxir Fatixovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik
Arslanov Negmat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Toshkent viloyati
Ashirbayev Samixan - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri
Bayzakov Baxtiyor Bayzakovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri
Boltayev Baxodir - Buxoro viloyati musiqali drama teatri aktori
Bomuradov Bobir Hodiyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Gulamova Marg‘uba Maxamadrasulovna - Yashnobod tumanidagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri
Davronov Sherzod Ravshanovich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi" davlat muassasasi "Farhod" madaniyat saroyi direktorining o‘rinbosari, xonanda, Navoiy viloyati
Yenin Valeriy Ivanovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom
Imomov Xabibulla Mannapovich - Respublika "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, milliy musiqa cholg‘ulari ustasi, Toshkent shahri
Karimova Zarifa Gulyamovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining musiqiy pedagogika kafedrasi dotsenti
Kurbonov Saparboy Baratovich - Respublika "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, egarchi, Jizzax viloyati
Mambetsheripova Nazira Abdiganiyevna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston 24" telekanali fan, ta’lim va madaniyat bo‘limi mudiri
Matrizayev Kurambay - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, Xorazm viloyati
Nazaran Arsen Ashotovich - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining estrada cholg‘u ijrochiligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Orziyev Odil Xudjamovich - Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli sozandasi
Raximov Toxir Normatovich - Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti
Rejametov Zuxritdin Tuganbayevich - O‘zbekiston davlat satira teatri aktori
Saydaminova Dilaram Axmatovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi faxriy professori, kompozitor
Saliyev Xabibulo Ismailovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot
Satbayev Orazbay Jumabayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Tillaboyev Shohid Gapparjonovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi
Tovstenko Liliya Anatolyevna - Buxoro shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati
Tojiyev Rasuljon Jumabayevich - Farg‘ona politexnika institutining texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri
Sharipov Kongratbay Avezimbetovich - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Shaxobiddinov Ayub Shopatxiddinovich - "Milliy telekanal" mas’uliyati cheklangan jamiyatining kino va seriallar direksiyasi bo‘lim boshlig‘i, kinorejissor
Shodmonov Nafas Namozovich - Qarshi davlat universitetining o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:
Abuzalova Mehriniso Kadirovna - Buxoro davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori
Alibekova Alina Yaxayevna - V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining estrada ijrochiligi bo‘limi o‘qituvchisi
Vafayeva Xadicha - faxriy pedagog, Samarqand viloyati
Kuziyeva Zulfiya Tashtanovna - Sayxunobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati
Maxkamova Donaxon Toshtemirovna - Furqat tumanidagi 2-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati
Muxitdinova Firuza Abdurashidovna - "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, Toshkent davlat yuridik universiteti professori
Tashmatov Urazali Gafurovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining cholg‘u ijrochiligi va musiqa nazariyasi kafedrasi professori
Tojiyev Yuldosh - Bog‘ot tumanidagi 14-bolalar musiqa va san’at maktabining qo‘shnay cholg‘u sinfi o‘qituvchisi, Xorazm viloyati
Turdibayeva Ra’noxon Azimjanovna - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan:
Begaliyev Ural Ergashevich - Jizzax shahridagi "Doktor Akmal" xususiy tibbiyot klinikasi urolog-andrologi, Jizzax viloyati
Djalilov Ulugbek Amanbekovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi anesteziolog-reanimatologi
Kadirov Shavkat Umidovich - Akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqotlari markazi bolalar bo‘limi neyrojarrohi, Rossiya Federatsiyasi
Kadirxodjayeva Nodiraxon - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qabul bo‘limi mudiri
Sadiyev Zokir Raxmatovich - Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya bo‘limi mudiri
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan:
Axmedov Baxodir Madjitovich - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
Kurbanov Jamshid Abduburxanovich - Toshkent shahridagi Eshitish va nutqni tiklash hamda ovoz reabilitatsiyasi markazi direktori
Sharifxodjayev Usman Ulfatovich - O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari
"Sog‘lom turmush" medali bilan:
Kulikov Andrey Aleksandrovich - Toshkent shahridagi "ProRun" sport markazi direktori
Najmidinova Gulbaxor Raximjonovna - Jalaquduq tumanidagi "Paxtakor" oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati
Oxunova Guzal Utkurovna - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi hamshirasi
Turayeva Ulugay Toshtimurovna - Respublika tez tibbiy yordam markazining Qorovulbozor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri, Buxoro viloyati
"Shuhrat" medali bilan:
Abdullayev Akbar Xalilovich - Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri aktori
Astanakulova Ra’no Xursanovna - Surxondaryo viloyati Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi nevrologiya bo‘limi mudiri
Atajanov Sobirjon Abidjanovich - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktori
Axmedov Ashirali Abduxoliqovich - Toshloq tumanidagi "Xolmatobod" oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Farg‘ona viloyati
Axmedov Mansur Shayunusovich - M.Turg‘unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli sozandasi
Babamuradov Baxtiyor Achilovich - Buxoro shahridagi madaniy meros obyektlarini ta’mirlash-tiklash bo‘yicha restavrator-usta, Buxoro viloyati
Bozorov Xurshed Abdulloyevich - Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Samarqand viloyati
Boyqo‘ziyev Abdunabi - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Ganiyev Aliyorbek Avazovich - Toshkent shahridagi "Ixlos doktor MT" klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri
Ganiyeva Zuxra Abduvaxabovna - "O‘zbekfilm" kinokonserni" davlat unitar korxonasining liboslar bo‘yicha rassomi
Jumanova Moxichexra Zokirovna - Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli xonandasi
Jurakovskiy Vladislav Emilyevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining sahnani yoritish sexi boshlig‘i
Zakirov Timur Vladimirovich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi
Isxakov Akzamjan Giyazovich - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi
Ishniyazova Xurshida Xudaybergenovna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasining Xorazm viloyati bo‘limi xonandasi
Kambarov A’zam Maxamadali o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi
Karimov Axtamkul Sattorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Karimov Xakimdjan - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos
Kasimova Uguloy Xamidovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining dutorchilar ansambli sozandasi
Kurbanov Raxmadjon Abidjonovich - O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktori
Mamasharipov Xusanboy Abdunabi o‘g‘li - "Diydor" yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktori
Mannopov Azizbek Abduvali o‘g‘li - Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisining o‘rinbosari
Marupov Ilhom Islomovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi
Melikuziyev Djaxangir Valijanovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi
Mirminov Rustamjon Abdumutal o‘g‘li - Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli xonandasi
Najimov Elmurod Iqboljon o‘g‘li - YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bosh kotibining o‘rinbosari
Niyozov Turab Mamadiyorovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Normatov Pulat Gaybullayevich - O‘zbekiston davlat drama teatri aktori
Norov Ilxomjon Ashurovich - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining doston ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchisi, baxshi
Ochilova Feruza Murtazoyevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasining "Navro‘z" ashula va raqs ansambli xonandasi
Rajabova Ibodat Abdullayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Buxoro viloyati
Rahimov Komiljon Rahmatovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
Sayomov Bobirmirzo Abdumajit o‘g‘li - Madaniy meros agentligining muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Tadjiyev To‘lqin Berdiyarovich - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Taxirov Rauf Raxmonovich - Respublika "Hunarmand" uyushmasi a’zosi, koshinkor usta, Samarqand viloyati
Toshev Azamat Bobokulovich - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Tuychiyev Nadirjon Kazimjanovich - "Andijon" futbol klubining muxlislar klubi raisi, Andijon viloyati
Turdiyev Vaxid Yakubovich - Andijon viloyati yoshlar teatri aktori
Tuxtayev Oybek Kamolovich - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Udovenko Olga Yuryevna - O‘zbekiston davlat san’at muzeyining O‘zbekiston xalq amaliy san’ati bo‘limi mudiri
Usmonov Shamsiddin Yulchiboyevich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali teatr san’ati kafedrasi professori, rejissor, Farg‘ona viloyati
Fayzullayev Vafokul Barnoyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Xamdamova Moxiraxon Yusubbekovna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi "Navbahor" ashula va raqs ansambli balet bo‘yicha murabbiysi
Xamidova Xilola Djurayevna - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Xidirov Mirzoxid G‘ayratovich - O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi
Xodjayev Asadjan Azatbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori
Xujaniyazova Zilola Turayevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Xuraliyev Jumavay Jurayevich - Asaka tumani madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissori, askiyachi, Andijon viloyati
Xusainov Fayrat Tursunovich - Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri drama artisti
Yuldashev Muslum Islamovich - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro va audiovizual jurnalistika kafedrasi dotsenti
Yulchiyev Ilxom Israilovich - "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Yakubova Dilobar Abralbekovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "O‘zbekiston 24" telekanali "Axborot" bosh muharririyati sharhlovchisi.
Delegatsiya Uzbekistana zavershila letnie Olimpiyskie igri Parij-2024 s luchshim rezultatom v svoyey istorii!  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar mukofotlandi
Yangiliklar lentasi
0