Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tadbirda ko‘p sonli Rossiya davlat va madaniyat arboblari, chet el elchixonalari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuni munosabati bilan tantanali qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda ko‘p sonli Rossiya davlat va madaniyat arboblari, chet el elchixonalari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. Marosimda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov so‘zga chiqib, respublika so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari va bugun o‘z oldiga qo‘ygan ezgu niyatlari haqida aytib berdi.
© SputnikV Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti
V Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2024
V Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti
Xususan, so‘nggi olti yilda O‘zbekiston YaIM 1,5 baravar o‘sgani, maktab va bog‘chalar soni oshib borayotgani va 3 milliondan ortiq odam kambag‘allikdan chiqarilgani sanab o‘tildi.
“Bugungi O‘zbekiston — umuminsoniy demokratik qadriyatlarga intilayotgan zamonaviy davlat, Respublika amalga oshirayotgan barcha islohotlar negizida inson qadrini ulug‘lash yotibdi”, - dedi Botirjon Asadov.
Tadbirda, shuningdek, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ham nutq so‘zladi. U Rossiya va O‘zbekiston rahbarlarining o‘zaro iliq munosabatlari ikki davlat munosabatlarining barcha jabhalariga singib borayotganini aytib o‘tdi.
Reshetnikov, shuningdek, Rossiya uchun O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish har tomonlama foydali va o‘zaro manfaatli ekaniga alohida urg‘u berdi.

“Masalan, ishchi kuchi defitsiti kuzatilayotgan Rossiya ichki mehnat bozorida o‘zbekistonlik migrantlar munosib hissa qo‘shmoqda. Ular ham Rossiya budjetiga soliq to‘lab, ham o‘z oilalariga pul jo‘natayotgani – ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lmoqda. O‘zaro munosabatlarning yana bir jihati bu – hududlararo hamkorlik. Rossiya boshqa hech bir davlat bilan bu qadar chuqur va jadal hududlararo aloqalar yo‘lga qo‘ymagan”, - dedi Rossiya vaziri.

© SputnikV Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti
V Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2024
V Posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya torjestvenniy priyem po sluchayu Dnya Nezavisimosti
So‘z oxirida vazir barchani O‘zbekistonga tashrif buyurib, u yerda nafaqat mashhur Samarqand yoki Buxoroni tomosha qilish, balki Toshkent chekkasidagi besh qavatli uylar orasida joylashgan biror mahallaga borib, u yerda hayot naqadar tinch va osoyishta kechayotganini tomosha qilishni taklif qildi.
“Biz O‘zbekistonning bugungi rivojini ko‘rib zavqlanmoqdamiz, ertangi kunda bizga O‘zbekiston yuzida kuchli rivojlangan hamkor kerak”, - dedi Reshetnikov.
Tadbirda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ham so‘zga chiqdi. U O‘zbekiston rahbariyatining rus tiliga ko‘rsatayotgan e’tiborini alohida qayd etib, Rossiya bu borada yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytdi.
Bayram tantanasi musiqa sadolari ostida, o‘zbekona to‘kin dasturxon va betakror o‘zbek palovi bilan davom etdi.
Yangiliklar lentasi
0