Durov Parijda hibsdan ozod qilindi — tafsilotlar

© Pavel DurovOsnovatel Telegram Pavel Durov posetil Uzbekistan.
Osnovatel Telegram Pavel Durov posetil Uzbekistan.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2024
Obuna bo‘lish
Durov hibsdan ozod etilganidan keyin Parijdagi sud binosini tark etdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Telegram asoschisi Pavel Durov hibsdan ozod etilganidan keyin Parijdagi sud binosini tark etdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Tadbirkor sudda sakkiz soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazdi, shundan so‘ng Parij prokuraturasi uning garov evaziga ozod etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Durov 24-avgust kuni Parij Le-Burje aeroportida qo‘lga olingan edi. Fransiya poytaxti prokuraturasi Telegram messenjeri asoschisi 12 ta jinoyatda gumon qilinib, 8-iyul kuni “ismi oshkor etilmagan shaxsga nisbatan” ochilgan ish doirasida so‘roq qilish uchun hibsga olinganini ma’lum qildi.
Parij prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, uyushgan guruh tomonidan noqonuniy tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi onlayn platforma sifatida tasniflagan Telegram xizmatini boshqargani uchun Pavel Durov 10-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

"Pavel Durovga 28-avgust kuni ... uyushgan guruh tomonidan noqonuniy bitimni amalga oshirish maqsadida onlayn-platforma ma’muriyatiga sheriklik - 10-yilga ozodlikdan mahrum qilish va 500 ming yevro miqdorida jarima bilan jazolanishi mumkin bo‘lgan jinoyat ayblovi e’lon qilindi", - deyiladi prokuratura xabarida.

Yevropa OAVlarining yozishicha, ilova asoschilari aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar Telegram ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Fransiya hukumati 25-mart kuni ularni hibsga olish uchun order berdi, shu jumladan, uyushgan guruhdagi voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlash, tarqatish, taklif qilish va ularga kirishni ta’minlashda ishtirok etganlik.
Biroq OAV xabarlariga ko‘ra, aka-ukalarning noqonuniy faoliyatga aloqadorligi haqida hech qanday ishora yo‘q. Durovning hibsga olinishi ko‘plab mamlakatlarda keng jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘ldi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tushuntirishicha, bu ish siyosiy motivlarga ega emas.
Xorij OAVning ma’lum qilishicha, Durov hibsga olinganidan keyin butun dunyo bo‘ylab Telegram'ni yuklab olishlar soni ortdi. "Sensor Tower" tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yakshanba holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab iOS qurilmalarida Telegram'ni yuklab olishlar soni bir kunda 4 foizga oshgan. Bu ayniqsa Fransiya va AQShda oshgan.
Ma’lumot uchun, Pavel Durov Rossiya, BAA, Fransiya va Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega.
Pavel Durovning hibsga olinishi messenjer xavfsizligiga ta’sir qilmaydi, uni o‘chirib tashlamaslik kerak, dedi RIA Novostiga "Kaspersky ICS CERT" eksperti Vladimir Dashenko.
Telegram jamoasi Durov hibsga olinganidan keyin bayonot berdi
Ilon Mask Durovni ozod qilishga qaratilgan chaqiruvlarni qo‘llab-quvvatladi
Pavel Durov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
BAA Durovga konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyati berilishini talab qildi
Yangiliklar lentasi
0