BAA Durovga konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyati berilishini talab qildi

CC BY 2.0 / TechCrunch / Pawel Walerjewitsch DurowPavel Durov
Pavel Durov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Obuna bo‘lish
BAA Fransiyada hibsga olingan Amirlik fuqarosi Pavel Durov ishini kuzatib bormoqda.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tashqi ishlar vazirligi Fransiyani Parijda hibsga olingan Pavel Durovga BAA fuqarosi sifatida barcha zarur konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishga chaqirdi. Bu haqda Amirlik axborot agentligi xabar berdi.
Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Xabarga ko‘ra, BAA Fransiyada hibsga olingan Amirlik fuqarosi Pavel Durov ishini kuzatib bormoqda.

“Amirliklar Le-Burje aeroportida Fransiya hukumati tomonidan qo‘lga olingan Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi, Amirliklar fuqarosi Pavel Durovning ishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va ular Fransiya hukumatiga zudlik bilan barcha zarur konsullik xizmatlarining taqdim etilishini talab qilishdi”, – deyiladi xabarda.

TIV, shuningdek, o‘z fuqarolari ishining barcha jabhalariga e’tiborli bo‘lish, ularni himoya qilish va nazorat qilish Birlashgan Amirliklar uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Xorij OAVning ma’lum qilishicha, Durov hibsga olinganidan keyin butun dunyo bo‘ylab Telegram'ni yuklab olishlar soni ortdi. "Sensor Tower" tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yakshanba holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab iOS qurilmalarida Telegram'ni yuklab olishlar soni bir kunda 4 foizga oshgan. Bu ayniqsa Fransiya va AQShda oshgan.
Ma’lumot uchun, Pavel Durov Rossiya, BAA, Fransiya va Sent-Kits va Nevis fuqaroligiga ega.
Pavel Durovning hibsga olinishi messenjer xavfsizligiga ta’sir qilmaydi, uni o‘chirib tashlamaslik kerak, dedi RIA Novostiga "Kaspersky ICS CERT" eksperti Vladimir Dashenko.
"Umuman xavfsizlik haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilsangiz, tezkor messenjerlardan xavfsiz foydalanishda davom etishingiz mumkin”, — dedi u.
Agar foydalanuvchi messenjerdan yangiliklarni o‘qish va kundalik muloqot uchun foydalansa, u “xavotirga o‘rin yo‘q”.
O‘z navbatida, agar kimdir messenjer yordamida noqonuniy faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish idoralari boshqa usullar bilan kirishlari mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilarni himoya qilish uchun ular messenjer qayerda ishlayotganiga qarab, o‘z telefoni yoki kompyuterini blokdan chiqarish uchun murakkab paroldan foydalanishlari kerak.
Ilon Mask Durovni ozod qilishga qaratilgan chaqiruvlarni qo‘llab-quvvatladi
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
Telegram jamoasi Durov hibsga olinganidan keyin bayonot berdi
Yangiliklar lentasi
0