Rasman: Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
Obuna bo‘lish
Fuqarolar "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Shu yil 10-sentabrdan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi, deya xabar berdi idora matbuot xizmati.

“2024 yil 10-sentabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi. Hamurtlarimiz "Uzbekistan Airways" AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi.
Madina va Makkadagi mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi.
Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysiga yo‘l oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Umra turfirmalari nima uchun $100 000 to‘laydi?
Yangiliklar lentasi
0