https://oz.sputniknews.uz/20231124/umra-turfirmalari-nima-uchun-100-000-tolaydi-41227365.html
Umra turfirmalari nima uchun $100 000 to‘laydi?
Umra turfirmalari nima uchun $100 000 to‘laydi?
Sputnik O‘zbekiston
Turizm qo‘mitasi rasmiy veb-saytida turoperatorlar reytingini shakllantirish 1-oktabrdan boshlandi. Maqsad — turoperatorlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Reytingdagi o‘rinlar jamoatchilik tomonidan ochiq ovoz berish, tashkilotlar xizmatlaridan avval foydalangan fuqarolar (sayyohlar) bilan o‘rnatilgan qayta aloqa natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
2023-11-24T16:34+0500
2023-11-24T16:34+0500
2023-11-24T16:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
umra
ziyorat turizmi
haj
haj amallari
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
musulmonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36299126_23:71:1177:720_1920x0_80_0_0_45a86ceada82190db170e83448e17ce9.jpg
Umra ziyoratini tashkil qiluvchi turfirmalar qanday tanlab olinadi, ular nega garov puli to‘laydi? Ushbu va boshqa savollarga Turizm qo‘mitasi bo‘lim bosh mutaxassisi Akbar Ikramov Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.— Turfirmalar nega 100 ming dollar garov puli to‘laydi? Bu mablag‘ nimaga sarflanadi?- 100 ming dollar miqdordagi mablag‘ Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinadi. Bu mablag‘lardan, kerak bo‘lganda, Umra xizmatlarini sifatsiz ko‘rsatilishidan jabr ko‘rgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun foydalaniladi.Mazkur talab ziyoratchilarning huquqlari himoya qilinishi uchun tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va litsenziya talablariga kiritilgan. Zahira mablag‘lar, turfirmalar ishdan voz kechsa, yoki firma yopilgan taqdirda qaytariladi.— Umra turfirmalari reytingi qanday tuzilgan?- Turizm qo‘mitasi rasmiy veb-saytida turoperatorlar reytingini shakllantirish 1-oktabrdan boshlandi. Maqsad — turoperatorlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Reytingdagi o‘rinlar jamoatchilik tomonidan ochiq ovoz berish, tashkilotlar xizmatlaridan avval foydalangan fuqarolar (sayyohlar) bilan o‘rnatilgan qayta aloqa natijalariga ko‘ra aniqlanadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati e’lon qilingan edi. Ro‘yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan. Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingida 10 ta tashkilot yuqori o‘rinni egallagan. Ular Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36299126_216:57:1046:679_1920x0_80_0_0_94885e965dfd6b8b8760d9e38210be6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
umra turfirmalar 2024 narxlar ziyorat haj narx ma’lumot o‘zbekiston reyting umra amallari
umra turfirmalar 2024 narxlar ziyorat haj narx ma’lumot o‘zbekiston reyting umra amallari
Umra turfirmalari nima uchun $100 000 to‘laydi?
16:34 24.11.2023 (yangilandi: 16:38 24.11.2023) Umra ziyorati tashkil etuvchi turfirmalar qanday tanlab olinadi va ularning xizmatlari qanday kafolatlangan? Batafsil — maqolamizda.
Umra ziyoratini tashkil qiluvchi turfirmalar qanday tanlab olinadi, ular nega garov puli to‘laydi? Ushbu va boshqa savollarga Turizm qo‘mitasi bo‘lim bosh mutaxassisi Akbar Ikramov
Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
— Turfirmalar nega 100 ming dollar garov puli to‘laydi? Bu mablag‘ nimaga sarflanadi?
- 100 ming dollar miqdordagi mablag‘ Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinadi. Bu mablag‘lardan, kerak bo‘lganda, Umra xizmatlarini sifatsiz ko‘rsatilishidan jabr ko‘rgan ziyoratchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun foydalaniladi.
Mazkur talab ziyoratchilarning huquqlari himoya qilinishi uchun tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va litsenziya talablariga kiritilgan. Zahira mablag‘lar, turfirmalar ishdan voz kechsa, yoki firma yopilgan taqdirda qaytariladi.
— Umra turfirmalari reytingi qanday tuzilgan?
- Turizm qo‘mitasi rasmiy veb-saytida turoperatorlar reytingini shakllantirish 1-oktabrdan boshlandi. Maqsad — turoperatorlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Reytingdagi o‘rinlar jamoatchilik tomonidan ochiq ovoz berish, tashkilotlar xizmatlaridan avval foydalangan fuqarolar (sayyohlar) bilan o‘rnatilgan qayta aloqa natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra tadbirini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan tashkilotlarning dastlabki ro‘yxati
e’lon qilingan edi. Ro‘yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan. Umra ziyoratini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha turfirmalar reytingida 10 ta tashkilot yuqori o‘rinni egallagan. Ular Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan.